date

Umar Nurmagomedov: “UFC 321da yangi Umarni ko‘rasiz”

Umar Nurmagomedov: “UFC 321da yangi Umarni ko‘rasiz”

Rossiyalik MMA jangchisi Umar Nurmagomedov 25-oktyabr kuni Abu-Dabida bo‘lib o‘tadigan “UFC 321” turniri oldidan muxlislarga murojaat qildi.

Nurmagomedovning ta’kidlashicha, bu jang MMA muxlislari uchun haqiqiy tomosha bo‘ladi. Uning fikricha, ikki tajribali jangchi maydonda kimning texnikasi va irodasi kuchliroq ekanini namoyon etadi.

“Bu to‘qnashuvni albatta ko‘rish kerak. Ikki yuqori darajadagi jangchi kimning haqiqiy kuchga egaligini isbotlaydi. Bu galgi oktagonda yangi Umarni ko‘rasiz”, — dedi rossiyalik sportchi.

Mutaxassislar bu jangni UFC’ning yildagi eng kutilgan bahslaridan biri sifatida baholamoqda. Chunki har ikki jangchi ham hujumkor uslubi va yuqori tezligi bilan tanilgan.

Ma’lumot uchun, Umar Nurmagomedov professional MMA faoliyati davomida 19 ta jang o‘tkazgan. U shularning 18 tasida g‘alaba qozongan, faqat bir marta mag‘lubiyat alamini tatigan. Uning raqibi — amerikalik Mario Bautista esa 18 ta jangda 16 g‘alaba va 2 mag‘lubiyat qayd etgan.

Jang Abu-Dabida bo‘lib o‘tadi va turnir “UFC 321”ning markaziy voqealaridan biri bo‘lishi kutilmoqda. Ko‘plab muxlislar Nurmagomedovdan yanada kuchli va tajribali jangchi sifatida namoyon bo‘lishini intiqlik bilan kutmoqda.

Shu tariqa, Umar Nurmagomedov yana bir muhim sinov ostonasida turibdi — u nafaqat g‘alaba uchun, balki UFC da o‘z nufuzini yanada mustahkamlash uchun maydonga chiqadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Umar Nurmagomedov: “UFC 321da yangi Umarni ko‘rasiz”