16:55 / 21.10.2024
111

Birgina xato tufayli foydasi yo‘qqa chiqadi: xurmo va anor nimasi bilan xavfli?

Birgina xato tufayli foydasi yo‘qqa chiqadi: xurmo va anor nimasi bilan xavfli?
Kuz fasli xurmo, anor va mandarin kabi mevalar uchun ayni pishiqchilik davri. Ko‘pchilik sevib iste’mol qiladigan ushbu mevalarning salomatlik uchun foydali ekani tadqiqotlar natijasida isbotlangan. Biroq ayrim holatlarda ular organizmga zarar yetkazib qo‘yishi ham mumkin, deb yozadi “Spors.kz” nashri.

Foto: Grandgames.net
Kuzda inson organizmi salomatligi va immunitet, teri, soch hamda tirnoqlar mustahkam bo‘lishi uchun har doimgidan ham ko‘proq vitaminlarga ehtiyoj sezadi. Ushbu mavsumda yetiladigan barcha mevalar esa koni foyda hisoblanadi. Ularda vitaminlar, minerallar, o‘simlik tolalari va inson tanasi uchun boshqa ko‘plab foydali moddalar mavjud.

Masalan, mandarin oson hazm bo‘ladi, organizmni A, E, C va B6 vitaminlari bilan to‘yintiradi. Ushbu sitrus ishtahani ochadi, organizmdagi moddalar almashinuvi jarayonini yaxshilaydi, umumiy quvvat beruvchi va mikroblarga qarshi kurashuvchi vosita hisoblanadi. Mandarin ovqatdan keyin va kuniga ikki marta 2 donadan iste’mol qilinsa, uning zarari yo‘q, ammo me’yordan oshib ketsa, allergiya va surunkali oshqozon-ichak kasalliklari yuzaga keladi.

Xurmo mevasi qalqonsimon bez uchun foydali bo‘lgan beta-karotin va yodga boy. Organizm 100 gramm xurmodan bu muhim elementning 12 foiz kundalik normasini olishi mumkin. Xurmoda kaliy va magniyning ko‘pligi — tomirlar devori va yurak mushaklari mustahkamligi garovi.

Foto: iStock
Ammo bu mevada hazm qilish tizimiga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan taninlar ham mavjud. Shuning uchun kuniga bittadan ortiq xurmo iste’mol qilish mumkin emas. Shuningdek, xurmoni och qoringa yeyish man etiladi.

Anor yoshlik mevasi deb ataladi. Bu uning tarkibidagi antioksidantlar miqdorining ko‘pligi bilan bog‘liq. Har kuni 50 gramm anor sharbatini ichish qonni tozalash va yangilashga yordam beradi, yurak-qon tomiri tizimiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. U gemoglobinni oshiradi, immun tizimini mustahkamlaydi va asablarni tiklashga ko‘maklashadi.

Biroq anorni kuniga bittadan ortiq iste’mol qilish mumkin emas. Ushbu nordon meva ovqat hazm qilish tizimi surunkali kasalliklarining kuchayish davrida oshqozon shirasi xlorid kislotasining sekretsiyasini ko‘paytiradi. Anorda tanin moddasi bo‘lib, u qabziyatni kuchaytiradi. Anor iste’molidan keyin suv ichish yoki og‘izni chayish tavsiya etiladi. Chunki tarkibidagi kislota tish emalining yemirilishiga va kariyesga olib kelishi mumkin.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Birgina xato tufayli foydasi yo‘qqa chiqadi: xurmo va anor nimasi bilan xavfli?