O‘zbekiston sportchilari yana medallar shodasiga ega bo‘ldi — 11 mukofot

1 daqiqa o'qish298
O‘zbekiston sportchilari yana medallar shodasiga ega bo‘ldi — 11 mukofot

VI Islom birdamligi o‘yinlarida navbatdagi kun ham ortda qoldi va bu safar ham O‘zbekiston delegatsiyasi o‘zining barqaror natijalari bilan ko‘pchilikni quvontirishga muvaffaq bo‘ldi. Sportchilarimiz bir kunda jami 11 ta medalni qo‘lga kiritdi — 3 ta oltin, 4 ta kumush va 4 ta bronza.

Oltin medallar

Bu bosqichda eng yuksak natijani quyidagi sportchilar qayd etdi:

— yengil atletikada uzunlikka sakrash bo‘yicha Anvar Anvarov;

— erkaklar o‘rtasida jamoaviy rapira bo‘yicha qilichbozlarimiz;

— ayollar jamoaviy shpaga bo‘yicha terma jamoa vakillari.

Kumush medallar

Kumush mukofot sohibi bo‘lgan sportchilar quyidagilar:

— ayollar kurashida -68 kg vaznda Svetlana Oqnazarova;

— yengil atletikada ko‘pkurash yo‘nalishida O‘g‘iloy Norboyeva;

— ayollar jamoaviy sablya bӯyicha qiluchbozlarimiz;

— erkaklar jamoaviy sablya bellashuvida terma jamoa.

Bronza medallari

Bronza g‘oliblari ham bugungi muvaffaqiyatga o‘z hissasini qo‘shdi:

— para yengil atletikada nayza uloqtirish bo‘yicha Natalya Semyonova;

— erkin kurashda -57 kg vaznda G‘ulomjon Abdullayev;

— erkin kurashda -65 kg vaznda Umidjon Jalolov;

— ayollar kurashida -62 kg vaznda Nigina Sobirova.

Milliy Olimpiya qo‘mitasi ma’lumotiga ko‘ra, sportchilarimiz har bir yo‘nalishda qat’iyat va iroda namoyish etib, mamlakat sharafini munosib himoya qildi. Ularning bugungi natijalari umumiy jamoaviy hisobda ham O‘zbekiston termasining maqomini mustahkamlab bormoqda.

Terma jamoamiz musobaqaning qolgan kunlarida ham yana yangi medallar va yuqori natijalar bilan muxlislarni xursand qilishiga ishonch katta.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?