
FQB Chili rasmiylari bilan birgalikda 2023 yil dekabr oyida Los-Anjelesdagi uyidan o‘g‘irlangan qimmatbaho buyumlarni Kian Rivzga qaytarib berdi. Idora xodimlari press-relizda barcha buyumlar 61 yoshli aktyorga rasman topshirilganini ma’lum qildi.
Rivz agentlikka qo‘lyozma xat yuborib, «chuqur minnatdorlik va ehtirom» bildirgan va AQSH hamda Chili xodimlariga «sa’y-harakatlari, fidoyiligi, professionalligi va chegaralar osha hamkorligi» uchun rahmat aytgan.
O‘g‘irlangan buyumlar deyarli bir yil o‘tib — 2024 yil dekabrida — Santyagoning sharqiy qismidan topilgan. O‘sha paytda «zo‘ravon talonchiliklar» seriyasida gumon qilingan shaxs ham qo‘lga olingan. Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, ushbu o‘g‘irlikni «Janubiy Amerika guruhlari» deb ataluvchi transmilliy jinoiy tuzilmalar tomonidan sodir etilgan — ular hujum va talonchilik uchun mamlakatlar o‘rtasida harakatlanadi.
Los-Anjeles politsiyasi boshlig‘i Jim Makdonnellning ta’kidlashicha, boyliklarning muvaffaqiyatli qaytarilishi "bunday jinoiy guruhlarning ta’qib qilinishi muqarrarligi haqida kuchli signal beradi." "Bu ish FQB, Chili politsiyasi va Los-Anjeles politsiya departamenti o‘rtasidagi xalqaro hamkorlikning ajoyib namunasidir," dedi FQB direktorining Los-Anjelesdagi yordamchisi Akil Devis.
2023 yil 6 dekabr kuni tog‘-chang‘i niqobidagi erkaklar Kianu Rivzning Los-Anjelesdagi uyini o‘g‘irlab ketishgan. Hodisa paytida aktyor uyda bo‘lmagan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.