
Kinematografiyaga qadam qo‘yayotgan yosh ijodkor Darshan Patel o‘zini tanitishning g‘ayrioddiy usuli orqali Oskar Boyson bilan stajirovka qilish imkoniga erishdi va yirik kinoindustriya maydonlariga yo‘l ochdi. Bu haqda Business Insider xabar berdi.
Patelning aytishicha, u rejissyor bilan ijtimoiy tarmoqlar va elektron pochta orqali bog‘lanishga uringan, ammo omad chopmaganidan keyin noodatiy qadam tashlashga qaror qilgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, g‘oya kutilmaganda kelgan: Patel Boysonning Venmo to‘lov servisidagi akkauntini topib, unga «Bu kelishuvni qo‘llab-quvvatlash uchun» degan izoh bilan 50 sent va ilgari yuborgan rezyumega havola jo‘natgan. «Darhol o‘yladim: "Men nima qildim?" Bu har xil tugashi mumkin edi», — deya eslaydi Patel.
Bir oy o‘tib, u rasmiy maktub yuborib, o‘sha tranzaksiyani qayta tilga oldi. Bunga javoban Boyson unga suhbatdan o‘tishni taklif qildi va shundan so‘ng Patel stajirovkaga qabul qilindi. «Ishni birga boshlaganimizda o‘sha Venmo yubormasi haqida kulib suhbatlashib olgan edik», — dedi u.
Bu tajriba Patelga ko‘plab professional aloqalarni o‘rnatish va o‘z obro‘sini mustahkamlashda yordam berdi. Yosh mutaxassisning avvalroq jiddiy yutuqlari mavjud: uning ikkinchi qisqa metrajli filmi — «Lu va Jeyn» — Chelsi kinofestivalida namoyish etilgan. Shu yozda u yana uchta ish suratga oldi va hozir to‘liq metrajli film ustida ishlamoqda.
Hozirda Patel o‘zining marketing agentligini boshqaradi, ammo bo‘sh vaqtini asosan kino uchun ajratadi. U rejissyorlik va prodyuserlik faoliyatiga to‘liq o‘tishga, istiqbolda esa mustaqil studiya tashkil etishga umid qilmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.