10:20 / 27.01.2025
474

Suvni qanday toʻgʻri ichish kerak yoxud ichish tartibidagi 6 tipik xatoliklar

Suvni qanday toʻgʻri ichish kerak yoxud ichish tartibidagi 6 tipik xatoliklar
Suv balansini saqlash uchun inson kuniga 1,5 dan 3 litrgacha toza suv iste'mol qilishi kerak. Bu taxminan har bir kilogramm vazn uchun 30–50 millilitrni tashkil etadi. Masalan, 70 kilogrammli inson kuniga taxminan 2,5 litr suv ichishi lozim. Biroq koʻplab odamlar bu ichimlik tartibini buzadilar va olti asosiy xatolikka yoʻl qoʻyadilar. Bu haqda tibbiyot fanlari doktori, endokrinolog Zuhra Pavlovaning quyidagi maslahatlari sizga asqotishi mumkin:

1. Faqat chanqoq hissiga tayanmaslik kerak.

Yosh oʻtishi bilan, ayniqsa, 50 yoshdan keyin chanqoq hissi kamayishi mumkin. Inson organizmda suv yetishmovchiligi jiddiy darajaga etgandan keyingina buni his qiladi. Shuning uchun har doim suvni yoningizda olib yurish va muayyan vaqtlarda ichib turish yaxshi natija beradi.

2. Kofeinli ichimliklarni koʻp iste'mol qilmaslik.

Qahva va choy diuretik (siydik haydovchi) ta'sirga ega boʻlib, organizmdan suvni chiqarishni tezlashtiradi. Bu esa suvsizlanishni yanada kuchaytirishi mumkin. Qahva va choy iste'molini kuniga uch stakandan oshirmaslik tavsiya etiladi. Har bir stakandan keyin bir stakan suv ichish orqali suv balansini tiklash mumkin.

3. Ertalab suv ichishni e'tiborsiz qoldirmaslik.

Tunda organizm nafas olish va terlash orqali jiddiy darajada suv yoʻqotadi. Shuning uchun ertalabki vaqtda bu yoʻqotishlarni tiklash kerak.

4. Sport bilan shugʻullangan paytda suv ichishni unutmaslik.

Jismoniy faollik davomida organizm koʻproq suvga muhtoj boʻladi. Mashqlar intensivligi va insonning tana tuzilishiga qarab, har yarim soatda 200–400 millilitr suv ichish tavsiya etiladi.

5. Toʻshakka yotishdan oldin koʻp suv ichmaslik.

Kechqurun va tungi vaqtda koʻp suv ichish bezovta uyquga va ertalabki shishlarga sabab boʻlishi mumkin. Agar kechqurun chanqoq paydo boʻlsa, kichik qorinlarda suv ichish yaxshi.

6. Suvsizlanish belgilariga e'tiborsiz boʻlmaslik.

Suvsizlanishning eng yaqqol belgilari terining quruqligi va siydikning qorongʻu tusga kirishidir. Ogʻir hollarda mushaklarda tirishish va bosh aylanishi kuzatilishi mumkin.

Boʻyrak kasalliklari, yurak yetishmovchiligi yoki boshqa kasalliklari bor insonlarga qancha suv iste'mol qilish haqida shifokor bilan maslahatlashish tavsiya etiladi.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Foydali