date

Tarvuzdan zaharlanmaslik uchun nimalarga e’tibor berish kerak?

Tarvuzdan zaharlanmaslik uchun nimalarga e’tibor berish kerak?
Yoz kelishi bilan tarvuz O‘zbekistonda eng sevimli shirinliklardan biriga aylanadi, deb UPL.uz xabar berdi. Ammo aynan shu sharbatli mevaning noto‘g‘ri tanlanishi ba’zida shifoxonaga olib borishi mumkin. Bunga asosiy sabab — o‘sishni tezlashtirish uchun ishlatiladigan nitrat moddalaridir.

Volgograd viloyatidagi Bykov bog‘dorchilik seleksiya stansiyasi agroximik laboratoriyasi rahbarining so‘zlariga ko‘ra, nitratga boy tarvuzni tashqi ko‘rinishidan aniqlash imkonsiz. Eng ishonchli usul — laboratoriya tahlilidir. Odatda bozorlarda ishlatiladigan nitrat o‘lchagichlar faqat po‘stidagi moddalarga javob beradi, ichki qism haqida to‘liq tasavvur bermaydi.

Bozordagi sotuvchilar esa tarvuz yetilishini tezlashtirish uchun nitrat ishlatish iqtisodiy jihatdan foydasizligini ta’kidlaydi. Aslida esa zaharlanishlarning ko‘pi chirigan yoki yaroqsiz tarvuz iste’molidan yuz beradi. Bunday mevalarda mikroblar ko‘payib, diareya, qorin dam bo‘lishi va holsizlik kabi alomatlarga sabab bo‘ladi.

Agar qusish, og‘izda ko‘pik, qorin og‘rig‘i, teri rangi o‘zgarishi, nafas qisishi, bosim o‘zgarishi kabi belgilarning biri kuzatilsa, darhol shifokorga murojaat qilish tavsiya etiladi. Bu organizmga ortiqcha miqdorda nitrat tushganidan darak beradi.

Professor Mixail Statsenko tarvuzni oq po‘stlog‘iga yaqin qismini emas, markaziy qizil qismini yeyishni maslahat beradi, chunki nitrat asosan qobiqka yaqin joyda to‘planadi.

Bundan tashqari, dietolog Svetlana Naumova tarvuz yuqori glikemik indeksga ega bo‘lgani sababli diabetga olib kelishi mumkinligini bildiradi. 90 foiz suvdan iborat bo‘lgan tarvuz ortiqcha iste’mol qilinganda shishish, semirish va qandli diabetga olib kelishi mumkin.

Tavsiya etilgan kunlik norma — 300–400 gramm (2 bo‘lakcha). Ortiqcha miqdor bosh aylanishi va holsizlikka sabab bo‘ladi. Gastrit, diabet, yurak va buyrak xastaligi bo‘lgan odamlar alohida ehtiyot bo‘lishi kerak.

Shuningdek, tarvuzni sovitish uchun hovuz, daryo yoki ko‘lda ushlab turish xavfli. Sababi suvda bo‘lishi mumkin bo‘lgan bakteriyalar — masalan, ichak tayoqchasi, salmonella — mevaning mikro yoriqlaridan ichkariga o‘tib, zaharlanishga sabab bo‘ladi.

Tarvuz tanlash bo‘yicha maslahatlar:

. Barmoq bilan urib ko‘rilganda tovush chiqishi kerak — tiniq, ohangdor va bir oz g‘ujim. Gumburlagan, zerikarli tovush — chirish yoki pishmaganlik alomati.

. Yerga tekkizilgan tomondagi dog‘ — och sariq, to‘q sariq yoki krem rangda bo‘lishi kerak. Oq yoki rangsiz dog‘ — hali quyoshda pishib yetilmaganidan darak beradi.

. Qurigan dumcha — meva o‘zidan ajralganini bildiradi. Yashil dum esa erta uzib olinganidan dalolat beradi.

. Tarvuz chiziqlari aniq va to‘q bo‘lishi kerak. Xiralik yoki so‘lishgan ranglar — meva hali pishmagan.

. Nitratni xalqona usulda tekshirish: bir bo‘lak tarvuzni issiq qaynatilgan suvga soling. Agar suv biroz bulutlasha boshlasa — xavfsiz. Agar suv qizarsa — yemang.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Foydali » Tarvuzdan zaharlanmaslik uchun nimalarga e’tibor berish kerak?