Sichqonlarda o‘tkazilgan tajriba zaytun yog‘i tarkibidagi aksiloksidant hidroksitirozol semizlik va jigar kasalliklari bilan kurashishga yordam berishini ko‘rsatdi. Lipids in Health and Disease jurnalida chop etilgan maqolada shu haqida ma’lum qilindi, deb yozadi Kun.uz nashri.
"Hidroksitirozol – yangi siqilgan zaytun yog‘i tarkibida mavjud polifenol birikma. U aksiloksidant xususiyatlarga ega va bu zaytun yog‘ining sog‘liqqa foydasida asosiy rol o‘ynashi mumkin. Tadqiqotlarimiz shuni ko‘rsatdiki, ushbu modda yuqori kaloriyali va yog‘li taomlar bilan oziqlangan sichqonlarning jigarini jarohatlardan himoya qiladi", - dedi Santyagodagi Chili universiteti olimi Rodrigo Valensuela.
Zaytun yog‘i an’anaga ko‘ra, O‘rta er dengizi parhezining eng foydali komponentlaridan biri hisoblanadi. So‘nggi yillarda olimlar zaytun yog‘ining rasionga qo‘shilishi ayollarda ko‘krak bezi saratoni va boshqa xavfli o‘simtalar rivoji ehtimolini sezilarli ravishda kamaytirishini aniqlashdi, shuningdek unda yog‘ kislotalarining maxsus birikmalarini topishga muvaffaq bo‘lishdi. Bu birikmalar sichqonlar organizmini radiasiyaning halokatli dozalaridan himoya qilgan.
Tadqiqot davomida Valensuela va uning hamkasblari zaytun yog‘ining aynan qanday komponenti inson salomatligi uchun foydali ekanini aniqlashdi.
Olimlarning ma’lum qilishicha, kemiruvchilar emishidagi hidroksitirozolning hattoki juda kam dozasi ham ularning ahvolini barqarorlashtirgan va kayfiyatini sezilarli darajada yaxshilagan. Sichqonlarning jigari va boshqa organlarining insulinga nisbatan reaksiyasi ijobiy tomonga o‘zgargan va sog‘liq uchun xavfli yog‘ kislotalarini foydali kislotalarga qayta ishlash jarayoni faollashgan.
Valensuelaning so‘zlariga ko‘ra, odatda bunday reaksiyalar semizlikdan aziyat chekuvchi va yog‘li taomlar iste’mol qiluvchi kishilar organizmida sekinlashadi, natijada ularning jigari, oshqozon osti bezi va ko‘plab boshqa organlarini yog‘ bosib qoladi. Tadqiqotlarning ko‘rsatishicha, hatto oz miqdordagi zaytun yog‘i iste’moli ham buning oldini olishga imkon berar ekan.
Boz ustiga, sichqonlar organizmida "zararli" xolesterin darajasi pasaygani aniqlangan.
Valensuelaning ta’kidlashicha, bularning barchasi zaytun yog‘i foydali ekanligidan dalolat beradi. Tadqiqotchi yog‘ va hidroksitirozol insonga ham xuddi shunday ta’sir qiladimi yoki yo‘q, bu moddaning qanday dozalari xavfsiz hisoblanishi borasida qo‘shimcha tajribalar kerakligiga ishora qildi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi
BAAda isroillik ravvin o‘ldirib ketildi
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
Prezident Toshkentda «Xushnud» mahallasi aholisi bilan uchrashdi
Shavkat Mirziyoyev: Tadbirkor — iqtisodiyot poydevori, davlat tayanchi
Jigar uchun eng foydali bo‘lgan 9 ta mahsulot
Britaniyada davlat idoralari o‘z xodimlariga mamlakat bo‘ylab parvozlarni taqiqlashni boshladi
Medvedev: "Tramp Ukraina mojarosiga barham berishi mumkin"