12 640
Sizni yig‘latadigan achchiq haqiqat yoki Buxoriyni tilingizga olmang, HAQQINGIZ YO‘Q!
Men o‘zim o‘qib uch erida yig‘lab yubordim… Yo rostdan ta’sirli yo umr adog‘ida ko‘ngli bo‘sh bo‘lib qolyapman. Karim Baxriev
Ajdodlarimiz bilan og‘zimizni to‘ldirib maqtanaveribmiz-u, ularga munosib avlod bo‘lish esa xayolimizga ham kelmabdi. Naqadar xudbinmiz.
UZUK VOQEASI
Quyida bir necha kishilardan eshitilgan voqe’alar to‘plamini havola qilmoqchiman. Avvalini o‘zimdan boshlay qolay…
Istanbuldan boshqa shaharga qatnovchi avtobusga chiqdim. U taraflarni yaxshi bilmaganim uchun shahardan chiqqanimizdan keyin haydovchidan yana bir marta so‘rab oldim. Tushuntirib bo‘lgandan keyin mendan «qaerliksiz?» deb so‘radi. «O‘zbekistonlikman» dedim. Haydovchi katta tezlikda ketayotgan avtobusni birdaniga to‘xtatib o‘rnidan turdi. Nima bo‘layotganini anglamay qoldim. Hayolimga har narsa keldi. «O‘zbekistonlikman dedim, nafrati bormikin?…» deb o‘ylab turganimda haydovchi ikkala qo‘lini duoga ochib «duo qil, duo qil…» dedi. «Nega, nega men duo qilay?» dedim hayron bo‘lib. «Duo qil. Duo qil qardoshim, zotan sen Buxoriy avlodisan» dedi. «Duo qilish bizlarga qoldimi?» derdim ichimda. Uning ixlos bilan boqib turgan ko‘zidan shashqator yosh oqardi…
———
«Mamalakatimiz futbolchilarining muxlislari qatorida Misrdagi o‘yingohga kirdik. O‘yinchilarimizga dalda bo‘lish uchun «O‘zbekiston, O‘zbekiston!» deb hayqira boshladik. Bir payt stadionning boshqa tarafidan «Buxoriy, Buxoriy!» deb misrliklarning bizdan-da qattiqroq ovozda jo‘r bo‘lib qichqirishayotganini eshitib qoldik. Bizning ovozlarimiz Imom Buxoriy muxlislarining ovozlari ostida sustlashib ketdi…
———
Bundan ancha yil avval bir tanishim qo‘ng‘iroq qildi. «Musofir mehmonlarim bir edi, Buxoroga borishmoqchi, iltimos, siz bilan borib kelsak.»… Mehmonlar olim odamlar bo‘lib, hadis ilmida izlanishlar olib borisharkan. Uyi Makka shahrida, shundoqqina haramning yaqinida ekan. Buxoroi-Sharifga kiraverishda Sitorai Mohi Hossaga olib bordim. Saroyga kirganimizda mehmon «Bu er qaer?» deb so‘radi. «Amir Olimxonning saroyi» dedim. Bizni boshqa erga olib boring» dedi. Kirmasdan ketdik. Mir Arab madrasasiga bordik. Madrasa hovlisiga kirganimizda Qur’oni Karimdan dars berilayotgani jaranglab eshitilib turgandi. Ustoz bir oyatdan o‘qir, talabalar uni qaytarishardi. Yonimizda turgan mehmon birdan katta-katta qadamlar tashlab madrasa hovlisining ichida ikki qo‘lini yuqoriga ko‘tarib yig‘lay boshladi. Yig‘isining orasida «Allohu Akbar, Allohu Akbar, shundoq joylar ham bor ekan-a, Allohu Akbar» derdi… Saroyga olib borganimdan xijolat bo‘ldim…
———
Imom Buxoriy masjidlariga ziyoratga bordik. Chetdan kelgan mehmonlar bor ekan. O‘sha erdagi kishilardan Imom Buxoriy Xazratlarining asl qabrlarini so‘rashdi. Ko‘rinib turgan qabr ramziy ekanligini, asl qabrlari uning ostidaligini, xozir ta’mir ishlari ketayotgani uchun uni ochish mumkinmasligini aytishdi. Mehmonlar qayta-qayta iltimos qildi, ruxsat ololmadi. Uni ko‘rib turganim uchun rahmim kelib yordam bergim keldi. Bir tanishimga qo‘ng‘iroq qildim. Holatni tushuntirdim. «Vaziyatni o‘rganib, bir ozdan keyin javobini aytib yuboraman» dedi. Haqiqatda talab qattiq ekanini aytib, kechasi soat o‘n ikkidan keyin kelishlarini, o‘shandagina ochdirib beraolishini aytdi. Mehmonlar rozi bo‘ldi. Bularni kutib kalit egalari ham ketmaydigan bo‘ldi. Men ham qoldim. Kelishilgan vaqtda masjidda ko‘rishdik. Eshikni ochib berishdi. Biz ham ular bilan pastga tushdik. Mehmon qabr oldida «Dunyo ishlari deb, sizni ziyorat qilish uchun naqadar kech qoldim» deb ezilib yig‘lardi. Pastga tushishga eringan sheriklarimizning esa, «parvosi palak»ligicha turardi…
———
Bir necha kishi Misrga bordik. Do‘konga kirdik. Bir uzuk yoqib qolib narxini so‘radik. «1400 junayh» dedi. Bir oz narxini tushirib berishini iltimos qildik, «Qaerliksizlar?» dedi. «O‘zbekistonlik, Movarounnardanmiz, Buxoriy yurtidan» dedik. «Buxoriy yurtidan ekansiz, sizlarga 20 foiz chegirma qilib beramiz» dedi. Bizga yoqib ketdi. «Yana qanday olimlar bo‘lgan?» deb so‘radi. «Imom Termiziy» dedik. «MashaAlloh, u kishi ham sizlardanmi?» dedi biri ishonqiramay. «Ha, bizdan ko‘plab allomalar chiqishgan» dedik. «Yana kim?» «Imom Zamaxshariy» dedik. Sotuvchi «MashaAllooooh» dedi-da, qo‘llari bilan ko‘zlarini yopdi. Panjalari orasidan yosh oqa boshladi. Keyinroq bildik, u kishi Imom Zamaxshariyning ashaddiy muxlislari ekan. Bir oz suhbatlashgandan keyin «Sizlardan foyda olmayman. 620 junayhga tushgan, shuni bersangiz bo‘ldi» dedi. Shu payt oramizdagilardan faqat o‘zbekkagina xos bo‘lgan «gap» chiqdi: «Shundan ikki dona bering»…
Men uyalib ketdim. «Mayli, beraman» dedi. Uzukni berayotganda yonda turgan kishilardan birlari «namoz o‘qisharmikin?» deb qoldi. Sotuvchi qo‘lini uzatayotgancha to‘xtalib qoldi. «Ha, namoz o‘qiysizlarmi?» dedi. Savol bilan javob orasida uzilish paydo bo‘ldi. Chunki, javob aytarli yo‘q edi… Bir oz sukutdan keyin «Jum’a namoziga chiqib turamiz» dedi kimdir. «Boshqa namozlarnichi?» dedi hayron bo‘lib. Zo‘rg‘agina «yo‘q» deya oldik. Sotuvchining qo‘li muaallaq turib qoldi. Biroz sukut qildi-da, achinish bilan «Mayli, men musulmonman, aytgan narximga beraman, ammo sizlar qaytib Imom Buxoriyni tilingizga olmang, HAQQINGIZ YO‘Q!» dedi…
Manba: www.dia.uz “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi
BAAda isroillik ravvin o‘ldirib ketildi
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
Filippin vitse-prezidenti davlat rahbari uchun killer yollaganini aytdi
Yaponiyada odamlarni yuvintiradigan kir mashinasi ixtiro qilindi
GFR Netanyahuni hibsga olishga berilgan order oqibatlarini o‘rganmoqda
Rossiya Davlat dumasiga rus tilini bilmaydigan migrant bolalarni maktablarga kiritishni taqiqlash loyihasi kiritildi
Ekspert Putinning videomurojaatidagi g‘alati narsani payqadi