Muborak Ramazon oyiga juda kam vaqt qoldi. Bu oy Alloh taoloning barokatlari va rahm-shafqatiga boy oydir.
Payg‘ambarimiz alayhissalom Ramazonni vasf etib, shunday marhamat qiladilar: «Bu sabr oyi, uning mukofoti esa – jannatdir”.
Bu muborak oyda musulmonlarga Alloh roziligi uchun mislsiz imkoniyatlar va barokatlar beriladi. Allohning Rasuli sollallohu alayhi vasallam bu oyda Alloh taoloning diqqati insonga qaratilganini ta’kidlarkan, «U Zot alohida rahmat yog‘diradi, gunohlarni kechiradi va duolarni ijobat etadi. Alloh taolo sa’yi harakatingizga qarab farishtalar oldida faxrlanadi. Shu oyda U Zotning shafoatiga erisholmagan inson, darhaqiqat, badbaxtdir», dedilar.
Xush kelibsan, Ramazon!
Mag‘firat va Jannat eshiklari ochilgan, shaytoni la’in kishanlangan muborak oy – Ramazon eshik qoqmoqda. Sizu biz bu eshikni ochishga hozirmizmi?!
2017 yili 27 may Ramazonning birinchi kuniga to‘g‘ri keladi (Oyning chiqishiga qarab o‘zgarishi mumkin). Shu oyning eng qadrlisi oxirgi o‘n kunidir.
Ramazon alohida xususiyatlarga ega oydir:
1. Ramazon Payg‘ambarimiz alayhissalomga Alloh taolodan birinchi vahiy kelgan oydir. Bu voqea 610 yili Ramazon oyida sodir bo‘lgan. Ramazon – bu Qur’oni karim oyi.
2. Allohning Rasuli sollallohu alayhi vasallam marhamat qiladilar: «Yaxshi amallar natijasida odam shu oyda Alloh taologa yaqinlashsa, bu boshqa oyda farzini ado etganga tengdir. Ramazon oyida farzni ado etganga esa boshqa oyda qilingan farzga nisbatan etmish farz mukofotini oladi. Bu oy sabr oyi, uning mukofoti esa – Jannatdir».
3. «Bu oyning birinchi o‘n kunligi – Alloh taoloning marhamati, ikkinchisi, kechirimi, uchinchisi, do‘zaxdan qutqarishi. Ramazonda qulni ozod etganni Alloh taolo do‘zaxdan ozod etadi, iftorda ro‘zadorga suv berganni Alloh taolo qiyomat kuni Kavsar suvidan ichirtiradi va u Jannat eshigiga kirgunicha chanqamaydi».
4. Ramazonda shaytonlar zanjirband etiladi, va boshqa payt kabi yomonlik qilolmaydilar;
5. Ro‘za tutish Islom ustunlaridan biri. Ramazon oyida ro‘za tutishni Alloh taolo farz qilib bergan. Ro‘zadagi afzalliklarning sanog‘iga etib bo‘lmaydi. Payg‘ambarimiz alayhissalom aytganlar: «Bu oyda har bir kishi ochlik nimaligini boshidan o‘tkazadi va beva-bechoralarga rahm-shafqatli bo‘ladilar. Bu oyda imonli bandalarning rizqi kengayadi.
Ro‘zadorni taomlantirgan gunohlaridan forig‘ bo‘lib, do‘zaxdan ozod etiladi. U ro‘zador bilan teng mukofotlanadi. Bunda ro‘zadorning mukofoti ham kamaymaydi».
6. Taroveh namozi – Ramazon oyida xufton farz namozidan keyin o‘qiladigan sunnat namozidir. Ro‘zaning birinchi tunidan boshlab o‘qiladi va oxirgi tunda tugatiladi. Taroveh namozini jamoa bilan masjidda o‘qish afzaldir.
7. Fitr sadaqasi – Ramazon oyining oxirida beriladigan farz sadaqadir. Fitr sadaqasini iydul Ramazongacha berishga harakat qilish kerak.
8. Bu oyda shunday bir tun borki, u ming oydan ham ustundir. Bu tun qadr kechasidir. Alloh taolo marhamat qiladi: «Albatta, Biz U(Qur’on)ni Qadr kechasida nozil qildik. Qadr kechasi ne ekanini senga nima bildirdi? Qadr kechasi ming oydan yaxshiroqdir.» (Qadr surasi, 1–3-oyatlar).
Laylatul qadr – Qadr kechasi Ramazonning uchinchi o‘n kunligiga to‘g‘ri kelishini ko‘pchilik ulamolar takidlashgan.
Manba: islom.uz “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi
O‘zi choy damlaydi va suhbatlashadi: dunyodagi birinchi “aqlli” choynak taqdim etildi (video)
Global ochlik va qashshoqlikka qarshi kurash alyansiga 82 mamlakat a’zo bo‘ldi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi
Tyumen oblastiga O‘zbekistondan mehnat migrantlari ishga jalb qilinadi
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?