Tahlilchilarning fikricha, dunyoning ko‘plab rivojlangan mamlakatlarida oilaning darz ketishi odatiy holga aylanmoqda. Oilalar iqtisodiy, ma’naviy, diniy baxonalar bilan ajralib ketmoqda.
Sabab qanday bo‘lishidan qat’iy nazar, oilaga bo‘lgan munosabatning yomonligi tahlikalidir. An’anaviy oilalar soni tinimsiz kamayib bormoqda. Bundan tashqari, ro‘yxatdan o‘tmasdan yashab, keyin ajrashayotgan juftliklar ham yo‘q emas. So‘nggi vaqtda oila poydevori deb sanalgan nikohga barmoq ostidan qaralayotgandek tuyilmoqda. Jahonda qayd qilinayotgan ajrimlar shundan dalolat bermoqda, go‘yo. Shunga qaramay ayrim davlatlarda ajrimlarga qarshi jiddiy choralar ko‘riladi. Bir qator mamlakatlarda er-xotin tinch yo‘l bilan ajralishga qaror qilgan bo‘lishlariga qaramay, ular bir qator rasmiyatchiliklar bilan to‘qnash kelishga majburdirlar.
Evropa statistikasining ma’lumotlariga ko‘ra, Vengriya ajralish foizlariga ko‘ra dunyoda 3-o‘rinda turuvchi mamlakat bo‘lgan. Vengriyadagi 67 foiz nikoh ajralish bilan yakunlangan. Har o‘ninchi vengriyalik erkak ajrashgan va 12,4 foiz ayollar omadsiz turmush tajribasiga ega.
Skandinaviya mamlakatlari ajralishlar bo‘yicha doimo yuqori ko‘rsatkichni qayd etadi. Bu borada etakchi mamlakat bo‘lgan Shvesiyada 2013 yilda rekord ko‘rsatkich 100 nikohga 25 ta ajralish to‘g‘ri kelgan. Ajrashuvchilarning ko‘pchiligi bir yildan kam vaqt birga yashagan er-xotinlardir. Bugungi statistik ma’lumotlarga ko‘ra, bu mamlakatda nikohlarning 47 foizi ajralish bilan tugaydi. Portugaliyada ajrashishlar soni oshishi tug‘ilishning ham kamayishiga sabab bo‘lmoqda. Bu ko‘rsatkichi bo‘yicha Portugaliya Evroittifoqda 2-o‘rinda turadi. Mazkur mamlakatda har kuni 70 dan ortiq oila barbod bo‘ladi.
AQShda ajrashishlar ko‘rsatkichi yil sayin o‘sib bormoqda. AQShdagi ajrashishlar sababi iqtisodiy etishmovchilik, jismoniy va ruhiy zug‘um, er-xotinlarning bir-biriga bo‘lgan qiziqishi so‘nishi, xiyonat va boshqalardir.
Rossiyada ajrashish koeffisienti 51 foizga teng. O‘n yil oldin har uchinchi oila barbod bo‘lgan bo‘lsa, bugun har ikkinchi juftlik ajrashib ketayapti. Turar-joy yo‘qligi, moliyaviy qiyinchiliklar va alkogolizm ajrashishlarning asosiy sabablaridir. Evroittifoq davlatlari ichida belgiyaliklar eng boy fuqarolardan biri hisoblanadi. Yashash joyi bo‘yicha muammolar kam bo‘lsa-da, bu davlat ajrashishlar bo‘yicha yuqori o‘rinlaridan birida turibdi. Aholi soniga ko‘ra Maldiv davlati dunyoda 175 o‘rinda turadi. Biroq ajrashishlar soni bo‘yicha birinchilikni egallagan. Ayniqsa, hozir ajrashishlar har qachongidan yuqori.
Indoneziyaning Yava orolida nafaqat jamiyat, balki tabiat muhofazasiga aloxida e’tibor qaratiladi. Bu masala nikox va ajralishda ham o‘z aksini topgan. Mahalliy xukumat qabul qilgan qarorga ko‘ra turmushi buzilgan va ajralishga qaror qilgan oila beshta daraxt o‘tkazishga majbur. Shunisi etiborga molik-ki, nikohdan o‘tayotgan yosh kelin-kuyovlar ham albatta daraxt o‘tkazishlari kerak. Agar nikoh birinchi bo‘lsa, u xolda bitta daraxt o‘tkaziladi. Moboda bu ikkinchi nikoh bo‘lsa, u xolda kuyov uchta daraxat o‘tkazishi shart. Bu anana avvaliga G‘arbiy Yavaning Serange mintaqasida paydo bo‘lgan edi. Mutaxassislarning so‘zlariga qaraganda, bu anananing paydo bo‘lishiga mintaqadagi iqlim sabab bo‘lgan. Quruq iqlim bo‘lgani bois mevali daraxtlarning ildiz otishi qiyin bo‘ladi. Shu sababli ham yosh kelin-kuyovlar turmush qurishdan yoki ajralishdan avval jamiyat va tabiatga foyda keltirishlari – ya’ni, daraxt o‘tqazib, uning ildiz otishini kutishlari kerak bo‘ladi. Ajrim paytida har ikki tomon o‘zaro kelishuvga erishishi lozim. Agar ayol farzand kutmayotgan bo‘lsa, tomonlarga o‘ylab ko‘rish uchun yuz kun muddat beriladi. Shu davr ichida ayol homilador bo‘lmasa, er-xotin fikrdan qaytmagan bo‘lsa ular bir zumda ajratib yuboriladi.
Indoneziyada qayta nikohdan o‘tish muammo emas. Erkaklar bir nechta farzandli ayollarga uylanishlari ham mumkin. Ular qarigan chog‘larida farzandlardai ko‘mak olish maqsadida shu yo‘lni tanlashadi.
Birlashgan Arab Amirliklarida ajralmoqchi bo‘lgan er-xotin yillab sud qarorini kutmaydi. Er uch marta taloq so‘zini tilga olsa bo‘ldi, xotin bu uyni tark etadi. Ajralish jarayoni uzoq davom etmaydi. Unda ham mol-mulkni taqsimlashga e’tibor qaratiladi, xolos. Tahlilchilarning so‘zlariga qaraganda, amirlikda nikohdan avval kelin-kuyov o‘rtasida shartnoma imzolanadi. Ajrim vaqtida mana shu shartnoma har ikki tomonga qo‘l keladi. Ko‘p xollarda ajralgan xotin eriga tegishli uyni, katta miqdordagi mablag‘ni olish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Bu mamlakatda ayollar xuquqlariga katta axamiyat berilishi aytiladi. Nikoh shartnomasiga ko‘ra, nafaqat erkak, balki ayol xam ajralish tashabbusi bilan chiqishi mumkin. Bu xolda er uzoq muddat qamoq jazosiga xukm qilingan, bedarak yo‘qolgan bo‘lishi, farzandsizlik, og‘ir kasallikka chalingan bo‘lishi kerak.
Italiyada ajralmoqchi bo‘lgan er-xotinlar uzoq jarayonni kutishlari kerak bo‘ladi. Hatto, ularning har ikkisi bir-birlaridan charchagan, farzandsiz, bir-birlariga nisbatan e’tirooz bo‘lmasa ham ajralishlarini to‘rt yil kutishga majburdirlar. Avvaliga ularga uch yil muddat beriladi. Shu davr ichida er-xotin alohida-alohida yashashlari kerak. Shu muhlat maboynida ular o‘z qarorlarini tarozida tortib ko‘rishlari kerak bo‘ladi. Agar baxsli muammolar (bola kim bilan qoladi, mol-mulk taqsimlanishi) hal qilinmaydigan bo‘lsa, u xolda ajralish jarayoni o‘n yillarga cho‘zilib ketishi mumkin.
Germaniyada aniq xisob-kitoblarga odatlangan xalq istiqomat qiladi. Bu mamlakatda ajralmoqchi bo‘lgan er-xotinlar bir yil alohida yashashlari shart. To‘g‘ri buning uchun ular boshqa boshqa xonadonlarda yashashlari shart emas. Bir xonadonda yashashda davom etishlari, ammo krovat hamda muzlatgichlari o‘zlariga tegishli bo‘lishi kerak, ya’ni xo‘jaliklari boshqa-boshqa bo‘lishi lozim. Ana shundan keyingina ular sudga ariza berishlari mumkin. Bu mamlakatda baxsli masalalar chiqib qolsa, ajralish jarayoni uch yildan besh yilgacha davom etadi. Lekin tahlilchilarning fikricha, odatda ajralish bir yil ichida yakunlanadi.
Yaponiyada ajralmoqchi bo‘lgan er-xotinlarning bir-birlariga e’tirozi bo‘lmasa, ajralish bir necha kun davom etishi mumkin. Ammo muammoli tomoni borki, ularning har ikkisi advokat xizmatidan foydalanishga majbur. Agar farzandlari bo‘lsa, ajralish jarayoni qimmatga tushadi. Sud otani aliment to‘lashga majbur qiladi. Ammo “kun chiqar yurt”da bu masala otaning vijdoniga xavola qilinadi. U o‘z hohishi bilan farzandiga aliment to‘laydi. Agar oilaga xiyonat aralashadigan bo‘lsa, u xolda er ma’naviy tovon sifatida xotinidan 40 ming dollargacha pul undirishi mumkin.
Sharofiddin To‘laganov
“Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Tyumen oblastiga O‘zbekistondan mehnat migrantlari ishga jalb qilinadi