date

Ilon Maskning Neuralink chipi 12 odam miyasiga joylashtirildi

Ilon Maskning Neuralink chipi 12 odam miyasiga joylashtirildi

Ilon Maskning Neuralink kompaniyasi insoniyat tarixida yangi qadam tashlab, 12 nafar shaxs miyasiga neyron implantlar o‘rnatilganini e’lon qildi. Bu haqda kompaniya X ijtimoiy tarmog‘ida rasmiy bayonot berdi.

Bayonotda qayd etilishicha, “Hozirda butun dunyo bo‘ylab Neuralink implantlari bilan yashab kelayotgan 12 kishi mavjud. Ularning hammasi birgalikda 2000 kun davomida qurilmalardan foydalanishgan va bu davrda 15 000 soatdan ortiq faoliyatni to‘plashgan. Biz barcha ishtirokchilarimiz bilan neyron interfeyslarning imkoniyatlarini chuqur o‘rganishda davom etishni intiqlik bilan kutamiz!” — deyiladi.

Birinchi chip inson miyasiga 2024-yil yanvar oyida o‘rnatilgan edi. Shu orqali kompaniya innovatsion yutuqka erishdi: miyasiga chip o‘rnatilgan birinchi bemor shaxmat o‘ynay oldi. Bu esa neyrotexnologiyalar sohasidagi ilk qadam sifatida tarixiy ahamiyatga ega bo‘ldi.

Mutaxassislar ta’kidlamoqdaki, Neuralink implantlari inson miyasi va kompyuter interfeyslari o‘rtasidagi aloqani kuchaytirish va inson fikrlarini raqamli texnologiyalar orqali aniqlash imkonini yaratadi. Shundan kelib chiqib, kelgusida meditsinaning turli sohalarida, shu jumladan hayajonli va murakkab vazifalarni bajarishda ham qo‘llanilishi mumkin.

Ilon Mask va uning komandasi e’lon qilishicha, Neuralink sinovlari va ilmiy tadqiqotlar davomida ishtirokchilarning xavfsizligi va miya funksiyalarini muhofaza qilish alohida diqqat bilan ta’minlanadi. Shu bilan birga, kompaniya kelgusida implantlarni kengroq auditoriyaga tatbiq qilish va inson hayotida texnologik innovatsiyalarni rivojlantirishni maqsad qilgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Ilon Maskning Neuralink chipi 12 odam miyasiga joylashtirildi