
Zoom o‘zining so‘nggi yangilanishida bir nechta yangi sun’iy intellekt funksiyalarni ishga tushirdi, deb TechCrunch xabar berdi.
Eng asosiy yangilik — kross-ilova AI notetaker bo‘lib, u video, chat va email muloqotlaridan muhim ma’lumotlarni yig‘ib, avtomatik yozuv tayyorlaydi.
Shuningdek, Zoom’ga AI avatarlar, shaxsiy yordamchilar va Smart Chapters (aqlli bo‘limlar) qo‘shildi. Ular yig‘ilish mazmunini tahlil qiladi, gapiruvchiga mos tushuntirishlar beradi va kontentni soddalashtiradi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
 Enter
 Xato topdIngizmi? 
 Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar