date

“Ayaks” va “Inter” bahsida mehmonlar ustun keldi

“Ayaks” va “Inter” bahsida mehmonlar ustun keldi

UEFA Chempionlar ligasi 1-turida “Inter” jamoasi safarda “Ayaks” ustidan 2:0 hisobida g‘alaba qozondi.

Milanda faoliyat yurituvchi jamoa safida Markos Tyuram 42 va 47-daqiqalarda ketma-ket ikki gol urdi. “Ayaks” o‘yinda to‘pga 57% egalik qilgan bo‘lsa-da, zarbalarda raqibdan ancha ortda qoldi.

“Inter” 14 ta zarba yo‘llab, 4 tasini aniq amalga oshirdi. “Ayaks” esa 2 marta darvozani topa oldi. Bu g‘alaba Italiya klubiga guruhda ilk 3 ochkoni olib keldi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » “Ayaks” va “Inter” bahsida mehmonlar ustun keldi