Eng kuchli emosional hislar negativ tabiatli bo‘ladi (g‘azab, agressivlik, qo‘pollik, hirs, nafrat va hokazo). Shuning uchun negativ so‘zlar hayotga yanada tez ko‘chadi. Masalan, siz “Falonchining qarg‘ishi tutdi meni, ishim o‘nglanmayapti”, degan gapni ko‘p eshitgansiz. Yana shu narsa ma’lumki, qarg‘ishning ikkinchi uchi o‘zimizda turadi, deyishadi. Nega shunday? Chunki o‘sha hissiyot, o‘sha so‘z, o‘sha ko‘nikma ichimizda mavjud va shuning uchun foydalanganmiz undan. Demak, kimnidir qarg‘ashimiz o‘zimizni ham qarg‘ashimiz degani ekan. Tasavvur qiling, kimdir kimnidir qarg‘ayapti: “Xudo jiningni olsin”, “Xudo jazoyingni bersin”. Bu ichimizdagi ko‘nikma. Dahshat-a?!
90-yillarning oxirida moskvalik tadqiqotchilar qarg‘ishlarning ishlash mexanizmini topishdi va shunday qarorga kelishdi: “Qarg‘ish minadan kuchli. U insonning genetik jihozini portlatib, nasldan naslga ham o‘tadi. DNK va xromosomalarning zanjiri uzilib, genlarni buzadi. Bir qancha to‘qimalar o‘lib, sog‘ qolganlari esa passiv bo‘lib qoladi. Organizmdagi suyuqlik mutasiyaga tushib, zaharlanadi. Suyuqlik esa inson organizmining 70 foizini tashkil etadi”.
Demak, ko‘rinib turibdiki la’nat, qarg‘ish, umuman, negativ so‘zlarning salbiy tomonlari o‘zimizda ham turibdi.
Shu o‘rinda ikkinchi — qarg‘algan tomonga to‘xtalsak. Agar siz qarg‘agan odam o‘sha ko‘yga tushsa, “Xudoga nolalarim etib bordi!” deb oshiqmang. Chunki unda ko‘nikma hosil bo‘ldi va shunday bo‘lar ekan, deb ich-etini eb, o‘zini o‘zi tamom qildi. Ruhan shunga moslashdi.
Ta’sirchan so‘zlar
Bunday gaplar quyidagi holatni yuzaga keltiradi. Mana ular:
“Sabrim tugadi”, “jinni bo‘lib qolaman”, “nafasim qaytib ketadi”, “buni hazm qilolmayman”, “siqib suvimni ichishdi”, “tupurdim hammasiga”, “yuragimni jarohatladi”, “bo‘g‘zimga keldi” va shu tipdagilar. Bunday olib qaraganda, bular kundalik hayotda foydalanadigan, hislarimizni ifodalaydigan so‘zlarimiz. Ziyoni yo‘qdek. Aslida, bular ruhiyatimizdagi ko‘nikma, ichki borlig‘imiz. Ruhiyatimizdan qabul qilib olgan miyamiz buni organizmimizga buyuradi. Tanamiz esa bajarishga majbur.
Germaniyalik psixoterapevt Nossrat Pezeshkian dastlab bu haqda oshkor etganida olimlar quyidagicha e’tiroz bildirishdi: “Kundalik turmushda foydalanadigan, salbiy energiya tashiydigan bu ifodalar kasalliklar yaratadimi yo mavjud xastalikdan darak beradimi?” Bu hali tasdiqlanmagan.
Quyida salbiy jumlalar keltirib chiqaruvchi xastaliklarning ro‘yxati bilan tanishtiramiz:
— “Dardim boshimdan oshib yotibdi” — osteoxondroz.
— “Hayotdan bezib ketdim, o‘lgim kelyapti” — saraton.
— “Buni hazm qilolmayman” — oshqozon yarasi, anoreksiya.
— “O‘lgudek charchadim” — urologik xastaliklar.
— “Nafasim qaytib ketdi, tupurdim bariga” — astma.
— “Siqib suvimni ichdi, qonimga tashna” — qon tomir xastaliklari.
— “Yuragimni parchalading” — miokard infarkti.
— “Uning o‘rnida bo‘lishni istamasdim” — allergiya, teri xastaliklari.
— “Boshim yorilib ketadi” — migren, meteosezgirlik.
— “Sabrim tugadi” — gipertoniya.
— «Holim tang, baxtiqaroman” —jigar xastaliklari.
— “Ko‘rishni istamayman” — ko‘z xastaliklari.
— “O‘chir ovozingni, jinni bo‘lib qolaman” —depressiya.
Bu gaplarni kimga va nega aytishingiz ahamiyatsiz. Muhimi,ichingizda ana shu jumlalar ifodalagan narsalarga ko‘nikma bor. Endilikda siz so‘zlarning qanday kuchga egaligini bilasiz, o‘zingizni asrash uchun ilk qadamni tashlang.
Shoira Isakova O‘zbekiston psixologlar assosiasiyasi
Toshkent shahar va Toshkent viloyati bo‘limi rahbari, psixolog
Manba: Dia.uz “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi