
Bavariya shanba kuni oʻz muxlislarini yana bir bor quvontirdi. Vensan Kompani jamoasi mehmondagi Bundesliganing navbatdagi oʻyinida Borussiya Myonxengladbaxni 3:0 hisobida magʻlub etdi.
Shu tariqa, Bavariya oʻzining gʻalabali seriyasini davom ettirib, 2025/2026-yilgi mavsumdagi barcha 13 oʻyinda turli musobaqalardagi gʻalabalarini saqlab qoldi. Agar Yevropaning kuchli beshlik ligalarini nazarda tutsak, musobaqalarning bir mavsumida ketma-ket 13 oʻyinda gʻalaba qozonishga faqat birgina jamoa erishgan.
Bu natijaga 1992/1993-yilgi mavsumda Milan jamoasi erishgan edi. Bavariya yangi rekord oʻrnatishi uchun Germaniya Kubogida Kyoln jamoasini mehmondagi oʻyinda magʻlub etishi kerak.
Ushbu oʻyin chorshanba, 29-oktabr kuni boʻlib oʻtadi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar