17:40 / 20.08.2017
8 016

Rahbar topshirig‘iga «yo‘q» demasdan, rad etishning 5 ta usuli

Rahbar topshirig‘iga «yo‘q» demasdan, rad etishning 5 ta usuli
Ko‘pchilik rahbariyat topshirig‘iga «yo‘q» deyish bilan, ishga nisbatan ma’suliyatsizlikda ayblanishdan qo‘rqadilar. Aslida esa, bu bilan qo‘shimcha ma’suliyat olasiz. Chunki, sizda dam olish uchun qanchalik ko‘p vaqt bo‘lsa, shunchalik samarali mehnat qilishingiz mumkin.

Boshliqlar bizdan tez-tez ishda ushlanib qolishni, dam olish kuni hamkasblarga hisobot uchun yordam berishni so‘rashadi. Jamoa bilan til topishish muhim bo‘lsada, ma’lum chegaralar ham qo‘yish kerak. «Yo‘q» demasdan ana shunday iltimoslardan voz kechishning 5 usuli bilan tanishing.

1. «Mayli, ammo…» deb so‘z boshlang

Agar rahbar kechgacha qolib, hisobotni yakunlab ketishingizni aytsa, yo‘q degandan ko‘ra, unga quloq solishingizni anglatuvchi «Mayli, lekin…» deb gap boshlaganingiz ma’qul. Misol uchun, «’Mayli lekin meni bugun qoldira olmaydigan uchrashuvim bor, soat nechagacha hisobot tayyor bo‘lishi kerak?» deng. Bu orqali siz ishda qolishga tayyor ekanligingizni ammo, butun vaqtingizni shu erda o‘tkaza olmasligingizni bildirasiz.

2. Vazifaning bir qismini bajarishga rozi bo‘ling

Boshliq sizning rahbarligingizga butun bir loyihani topshirmoqchi bo‘lsa, ammo bunga vaqtingiz etmasa, bu ishga to‘liq rahbarlik qila olmayman deb o‘ylayman, chunki ayni paytda qandaydir ish vaqtingizni olayotganini bildirib, boshqa xodim rahbarligi ostida ma’lum vazifani bajarishga tayyorligingizni bildiring.

3. Iltimosni tahlil qiling

O‘z gaplaringizni 3 qismga bo‘lib bildiring. Birinchisi, «Vazifani o‘z muddatida tugatish qanchalik muhimligini tushunib turibman» qabilida bo‘lsin. Keyin o‘z sharoitingizni, rejangizning ahamiyatini izohlang. So‘ngida esa, muammoni echish uchun, keyingi kuni ertaroq kelishni, sizsiz uddalashlari uchun xodimlarga oldinroq qarashishni taklif qiling. Boshqa yo‘li yo‘q bo‘lsa, o‘z rejalaringizni o‘zgartirib ko‘ring.

4. Alternativ echim taklif qiling

Nima uchun rad etayotganingizni aniq ayting va boshqa echim taklif qiling. Misol uchun: ’«Bolamni bog‘chadan olishim kerakligi uchun ishdan keyinga qola olmayman, ammo boshqa xodim bilan gaplashib sizga yordam berishi uchun harakat qilaman». Ortiqcha kechirim so‘rashning keragi yo‘q. Vaziyatni tushuntirib, boshqa echim taqdim etishning o‘zi kifoya.

5. Hamkasbingizdan yordam so‘rang, lekin jarayon borishidan xabardor bo‘ling

Agar sizga qandaydir topshiriq berilsa, uning ma’suliyati sizga tushadi. Boshqaning yordamini ham nazorat qilish ham sizning bo‘yningizda. Vazifa bajarilgach, sizga ko‘mak bergan hamkasbingizni ham ta’kidlashni unutmang.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Rahbar topshirig‘iga «yo‘q» demasdan, rad etishning 5 ta usuli