Tramp Mirziyoyevga kepka sovg‘a qildi

1 daqiqa o'qish427
Tramp Mirziyoyevga kepka sovg‘a qildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev AQSH Prezidentining Janubiy va Markaziy Osiyo bo‘yicha maxsus vakili Serjio Gor boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi, deb xabar berdi Prezident matbuot xizmati.

Uchrashuvda AQSH Davlat kotibining o‘rinbosari Kristofer Landau va boshqa rasmiylar ham ishtirok etdi. Suhbat chog‘ida ikki mamlakat o‘rtasidagi strategik sheriklikni rivojlantirish va Nyu-Yorkda 23 sentyabr kuni oliy darajada imzolangan kelishuvlarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.

Serjio Gor uchrashuv avvalida Donald Trampning Prezident Mirziyoyevga yo‘llagan salomi va samimiy tilaklarini yetkazdi. Suhbat yakunida esa u Tramp nomidan bir qator sovg‘alar, jumladan shaxsiy kepkani topshirdi.

Tomonlar sanoat, energetika, raqamlashtirish, qishloq xo‘jaligi va moliya sohalaridagi hamkorlikni kengaytirish muhim ekanini ta’kidladi. Shuningdek, xavfsizlik, terrorizmga qarshi kurash, migratsiya va mintaqaviy barqarorlik bo‘yicha hamkorlik masalalari ko‘rib chiqildi.

Kelgusi hafta Vashingtonda bo‘lib o‘tadigan S5+1 sammiti tayyorgarligi ham muhokama qilindi.

Ma’lumot uchun, Serjio Gor — Toshkentda tug‘ilgan siyosatchi bo‘lib, Donald Trampning yaqin hamfikrlaridan biri hisoblanadi. U avval Oq uyda kadrlar boshqarmasi direktori sifatida ishlagan va 2025 yilda Tramp tomonidan Hindistondagi elchi lavozimiga nomzod etib ko‘rsatilgan.

Hozirda u AQSHning Janubiy va Markaziy Osiyo bo‘yicha maxsus vakili sifatida faoliyat yuritmoqda.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?