20:20 / 30.11.2017
7 801

Ruhshunoslar bir ko’rishdagi muhabbat yo’q ekanligini isbotlab berdilar

Ruhshunoslar bir ko’rishdagi muhabbat yo’q ekanligini isbotlab berdilar
Niderlandiyaning Groningen universiteti olimlar bir ko’rishdagi muhabbat haqiqatan ham bormi yoki yo’q degan savolga aniqlik kiritish maqsadida bir qator tadqiqotlar olib bordilar.

Tadqiqotda 396 nafar inson ishtirok etdi va ular asosan talabalar orasidan tanlab olindi. Ishtirokchilarga begona insonlarning suratlari ko’rsatildi va ularga nisbatan qanday his-tuyg’u paydo bo’lgani haqida so’raldi. Shuningdek ko’ngillilardan bir ko’rishdagi muhabbat bilan to’qnash kelish holatlari haqida ham so’ralgan.

Tadqiqotning keyingi bosqichida juftliklar 90 hamda 20 daqiqa davom etgan uchrashuvga chiqdilar va yonidagi odamga nisbatan munosabat o’zgarishi haqida hikoya qildilar. Tadqiqot natijasida, 32 ishtirokchi 49 ta “bir ko’rishdagi muhabbat” deb atash mumkin bo’lgan noodatiy tuyg’uni his qilganlari haqida aytishgan.

Ma’lum qilinishicha, tadqiqot davomida aniqlangan bir ko’rishdagi muhabbat asl sevgiga aloqador emas. Olimlar ishtirokchilar his qilgan tuyg’u kuchli ehtiros bo’lib, u insonning ruhiy holatiga uzoq vaqt davomida ta’sir ko’rsatmasligini qayd etishgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Ruhshunoslar bir ko’rishdagi muhabbat yo’q ekanligini isbotlab berdilar