Chingizxon o‘z yurtiga bahorda qaytdi. Yo‘lda viloyatlar va qasablarda hokim va dorig‘lar tayin qila-qila kelib, Amulsudin o‘tib, keyin Buxoroga keldi va atrofga yuborgan shahzodalar va noyonlar tamom kelib qo‘shildilar. Xoliq kishvoriston Buxoro xalqiga kishi yuborib aytdikim:
- Bir donishmand mulla yuboring undan bir nechta so‘z so‘rayman.
- Musulmonlar Allohning bandasidirlar. Alloh bir turur bemisl va bemonan turur. Chingizxon aytdi:
- Men ham Allohni bir bilurman. Tag‘in ular aytdilar:
- Payg‘ambar Allohning elchisidir, tangri taolo o‘zining amrini va naqiyini bandalarga aytmoq uchun yuborib turur. Chingizxon bu so‘zga ham qoyil qoldi. Undan so‘ng:
- Har kuni besh vaqt namoz o‘qib ibodat qilurmiz dedilar. Bu so‘z ham unga ma’qul keldi. Undan so‘ng:
- O‘n bir oy oshni har vaqt xohlasak yermiz, ammo bir oy kunduz osh yemasmiz, lekin kech kirib yana yermiz dedilar. Bu ham Chingizxonga yoqdi.
- Undan keyin Allohning Makkada bir uyi bor der. Agar quvvatimiz yetsa, unga borurmiz. Chingizxon bunga qoyil qolmadi, Aytdiki:
- Butun boshli olam Allohning uyi. Bir joyga maxsus qilib bormoq negadir dedi”.
Ko‘zingiz tushgan bo‘lsa, yuqorida Chingizxon Buxoro shahrini ishg‘ol etgach, shahar ulamolari bilan uchrashib, ularning dini haqda so‘raydi.
“Bir donishmand mulla yuboring undan bir nechta so‘z so‘rayman”
Chingizxon Islom diniga katta qiziqish bilan qaraganini shu so‘zlar bilan bilish mumkin.
“Musulmonlar Allohning bandasidirlar. Alloh bir turur bemisl va bemonan turur. Chingizxon aytdi: Men ham Allohni bir bilurman”
Bu yerda Islom diniga bo‘lgan moyillik zohiran ko‘rina boshladi. Chunki shahar ulamolar o‘z dinlari haqda so‘z yuritishni Allohning yagonaligidan boshlashdi. Chingizxon buni rad etmay, aksincha ma’qullagan bo‘ldi: “Men ham Allohni bir bilurman”.
“Payg‘ambar Allohning elchisidir, Tangri taolo o‘zining amrini va naqiyini bandalarga aytmoq uchun yuborib turur. Chingizxon bu so‘zga ham qoyil qoldi”.
Allohni tanitgan ulamolar Payg‘ambar Muhammad alayhissalom haqda ham xabar berdilar. Allohdan vahiy olganligini va uni bandalarga yetkazuvchi nabiy ekanligini tushuntirishgan. Chingizxonning Islom diniga rag‘bati bir karra ortib bordi va “Chingizxon bu so‘zga ham qoyil qoldi”.
“Har kuni besh vaqt namoz o‘qib ibodat qilurmiz” dedilar. Bu so‘z ham unga ma’qul keldi.
Endi navbatgi ma’lumot ibodatga kelgandi. Shahar ulamolari besh vaqtda farz bo‘lgan namoz haqida tushuncha bera boshlashdi. Bu so‘z ham unga ma’qul keldi.
O‘n bir oy oshni har vaqt xohlasak, yermiz ammo bir oy kunduz osh yemasmiz, lekin kech kirib yana yermiz dedilar. Bu ham Chingizxonga yoqdi.
Boshqa manbalarda aytiladiki, ulamolarning bir oy ro‘za tutish haqidagi so‘zlari Chingizxonga ma’qul kelgan. Sababi ro‘zani qo‘shini uchun ovqat ta’minotidagi tejamkorlik deb bilgan va sog‘liqqa katta foydasi borligiga ishongan. O‘z navbatida navbatdagi farz amalini ham tan olgan. Bu esa Islom diniga bo‘lgan qiziqishi yuqorilab borayotganini anglatar edi. Ammo...
Undan keyin Allohning Makkada bir uyi bor der. Agar quvvatimiz yetsa, unga borurmiz. Chingizxon bunga qoyil qolmadi.
Mana shu joyida Islomga bo‘lgan qiziqish uchqunlari birdan so‘ndi va aytdiki:
“Butun boshli olam Allohning uyi. Bir joyga maxsus qilib bormoq negadir?”
Ya’ni, hamma joy Allohniki bo‘lsa, bir joy (Makka)ni ulug‘ sanab uzoq yerga safar qilgandan nima foyda? degan norozi ohangdagi savolni beradi. Shu yerning o‘zida Ka’baga o‘xshash joy qurib, tavof qilsak bo‘lmaydimi? Odam ovora bo‘lib borishi shartmi? degan ohangdagi savollarni yo‘llay boshladi. Shahar ulamolari Makkaning ulug‘ligini harchand tushuntirishga intilmasin, Chingizxon ularning gapini olishga unamadi.
U hammasini tan olgan holatda hajga kelganda uning tishi o‘tmadi. U ham xudoni bir bilishinin aytgandi. Chingizxon uch kun, to Xorazmshox Muhammad Alovuddavlaga kelgunga qadar hech narsa yemay-ichmay tangriga iltijo qiladi. Uch kun osmonga qarab o‘tiradi keyin g‘alabaga ishonch hosil qilgandan so‘ng butun boshli lashkarini to‘plab Xorazmshoh ustiga lashkar tortadi. Bu jang uning eng katta jangi edi. Ular Xorazmga 1,5 yilda yetib kelishadi. U yerda Chingizxon Masjidi Kalonga oti bilan kiradi va ichkarida:
“Sizlarning shohingiz shu yerda yashaydimi? Saroyingiz shumi?” deb so‘raydi. Shunda odamlar “Yo‘q bu bizning masjidimiz. Bu yerda ibodat qilamiz” deydi. Bu gapni eshitgan Chingizxon otdan “lip” etip tushadi va shu tariqa masjidning hurmatini ado qiladi.
Uning Islom diniga bo‘lgan rag‘bati o‘zgacha bo‘lgan. O‘ziga xos tarzda hurmat ko‘rsatgandi.
Lekin tavfiq faqat Allohdandir! Allohning yagonaligini tan oldi, Undan Nabiy yuborilganiga ishondi, namozni ma’qulladi, ro‘zadan xursand bo‘ldi, Allohning uyini hurmatladi, ammo haj SAFARIga kelganda malollandi. Qalbidagi kibri “Nega men borishim kerak? Makkani olib kelsak bo‘lmaydimi?” degan katta ketishni yuzaga chiqardi va musulmon bo‘lishdek baxtdan mosuvo bo‘ldi.
Go‘yoki, Rum imperiyasi podshohi Hiraql xalqining qarshi chiqishidan qo‘rqqani, qo‘lidagi mol-dunyo ketishidan xavotirda bo‘lib, tavhidni qabul qilmaganidek, Chingizxonda ham qalbidagi katta ketish uni iymondan mosuvo qildi. Qarang, sal qolgandi-ya! Shunaqanggi yaqin ediki, birz og‘iz gap butun boshli kelajagini o‘zgartirib yuborishi hech gap emasdi. Bunda ham har birimiz uchun ibrat, tafakkur qilish uchun asos bor. Ko‘raylikchi, ularning ta’ma qilgan mollari, davlatlari, nasablari hozir qani? Chingizxon vafotidan 100 yil o‘tib davlati parchalana bordi va necha zahmat bilan qurilgan Chin, Rus, qipchoq, fors, shimoliy hind yerlarini yegallagan ulkan Mo‘g‘ul imperiyasi tanazzulga yuz tuta bordi.
Yana takror aytamiz, tavfiq faqat Allohdandir!
Abulg‘ozi Baxodirxonning “Shajaratul Turk” kitobi asosida
Muhammadamin Toshkandiy tayyorladi
Muhammadamin Toshkandiy tayyorladi
Manba: Azon.uz
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
AQSHda 10 yoshli bola politsiyaga qo‘ng‘iroq qilib, matematikadan uy vazifasini bajarishda yordam so‘radi
Rossiya Davlat dumasiga rus tilini bilmaydigan migrant bolalarni maktablarga kiritishni taqiqlash loyihasi kiritildi
Migren, klaster sefalgiya, zo‘riqish... Bosh og‘rig‘ining necha turi mavjud?
Sayxunobodda qarzdor otadan salkam 75 mln so‘m aliment pullari undirildi
Xonanda Munisa Rizayeva ilk marta ona bo‘ldi
Kipr hukumati rossiyalik va ukrainalik milliarderlarning «oltin» pasportlarini olib qo‘ydi
Eron oliy rahnamosi Netanyaxuni qatl qilishga chaqirdi