11:25 / 16.07.2018
5 670

Munajjimlar bashorati: Baxtli lahzalarga boy hafta!

Munajjimlar bashorati: Baxtli lahzalarga boy hafta!
Hamal

Sizdan bu hafta shoshma-shosharlikka yo‘l qo‘ymaslik talab etiladi. Ayniqsa, muhim qarorlarni qabul qilishda. Ana shunda ko‘pdan beri o‘ylantirib kelayotgan savollarga javob topishingiz mumkin. Ularni hal etishda noodatiy usullarni qo‘llang.

Ishda – hamkasblaringiz bilan munosabatda murosa yo‘lini tanlasangiz aslo yutqazmaysiz. Boshlig‘ingiz ham fikrlaringizni inobatga oladi. Dam olish kunlarini oila davrasida o‘tkazing.

Savr

Ko‘ngilchanligingizdan ko‘pchilik foydalanishga urinadi. Muhtojlarga yordam qo‘lini cho‘zish yaxshi, albatta. Biroq hamma narsa me’yorida bo‘lishi kerak. Shuni unutmang.

Muammolar qarshisida o‘zingizni yo‘qotib qo‘ymang. Hech biri asabni buzishingizga arzimaydi. Ularni hal etaman, deb vaqtingizni ham, kuchingizni ham sarflab ovora bo‘lmang. Eng yaxshisi, hammasini unuting-da, tog‘-yon bag‘irlariga oilaviy sayohatga chiqing.

Javzo

Yangi g‘oya va takliflaringizni amaliyotga tatbiq etish uchun qulay fursat bo‘ladi. Imkon boricha bundan foydalanib qolishga harakat qiling. Axir, buning uchun sizda bilim va salohiyat ham yetarli. Yana bu hafta darz ketgan munosabatlarni tiklash uchun ham imkoniyat bo‘ladi. Biroq muhim masalalarni hal etishni keyinroqqa qoldirganingiz ma’qul.

Saraton

Har bir ishni o‘z vaqtida bajaring. Ortga surganingiz bilan qutulolmaysiz. O‘zingizga muammo orttirganingiz qoladi.

Oila a’zolaringiz sizni qo‘llab-quvvatlaydi. Buni o‘zingiz ham yaxshi bilasiz. Ko‘pdan beri unutilgan kasalliklar to‘satdan bezovta qilishi mumkin. Kechiktirmasdan o‘z vaqtida shifokorga murojaat eting. Dam olish kunlarini oila davrasida o‘tkazing.

Asad

Biznes hamkorlar bilan shartnoma imzolashda ehtiyot bo‘ling. Qaror qabul qilishdan avval mutaxassislar bilan maslahatlashganingiz yaxshi. Ana shunda muammolarning oldini olgan bo‘lasiz. Yaqinlaringiz ham qo‘llab-quvvatlashadi. Muhimi, ular sizdan hech qanday manfaat kutishmaydi.

Ish bilan bo‘lib salomatligingizni ham unutib qo‘ymang. Dam olish kunlari ko‘pdan beri ko‘rishmagan do‘stlaringiz tashrifi kutilmoqda.

Sunbula

Bu hafta sizdan faollik talab etiladi. Iqtidoringizni namoyish etish uchun imkon tug‘iladi. Ishda ham omad kulib boqadi. Salomatligingizga ham e’tiborli bo‘ling. Dam olish kunlari oilaviy sayohatga chiqishingiz kutilmoqda.

Aqrab

Moddiy ahvolingizni yaxshilash uchun qulay fursat bo‘ladi. Bunday imkoniyatdan, albatta, xursand bo‘lasiz. Faqat ortiqcha xarajatlarga yo‘l qo‘ymang. Aks holda, qiynalib qolishingiz mumkin.

Ishda ham sizga yuklatilgan topshiriqlarni zo‘r qiziqish va ishtiyoq bilan bajarasiz. Bunda faqat shoshma-shosharlikka yo‘l qo‘ymang.

Qavs

Siz uchun bu hafta yangi imkoniyatlar eshigi keng ochiladi. Boshlig‘ingiz ham muhim topshiriqlarni sizga ishonib topshiradi. Natijada, xizmat lavozimingiz yuqorilab, moddiy ahvolingiz sezilarli darajada yaxshilanadi. Yaqinlaringiz ham yutuqlaringizni eshitib, xursand bo‘lishadi. Haftaning ikkinchi yarmida uzoqdagi yaqinlar bilan ko‘rishib, maroqli hordiq chiqarasiz.

Jadiy

Muammolarni o‘ylab, tushkunlikka tushmang, ular vaqtinchalik. Vaqti-soati bilan hammasi o‘z yechimini topadi.

Haftaning ikkinchi yarmida ko‘plab foydali takliflar bo‘ladi. Ularni qabul qilishda shoshilmang. Dam olish kunlari tog‘-yon bag‘irlarida sayr qiling.

Dalv

Haftaning birinchi yarmida moliyaviy ahvolingiz sezilarli darajada yaxshilanadi. Ammo xarajatlar borasida ehtiyotkor bo‘ling. Ishda hamkasblaringiz bilan bamaslahat ish tutsangiz ko‘ngilsizliklarning oldini olgan bo‘lasiz. Dam olish kunlari yaqinlaringizni yo‘qlang. Bundan ular, albatta, xursand bo‘lishadi.

Hut

Hafta siz uchun sarguzashtga boy bo‘ladi. Har ishni mas’uliyat bilan amalga oshirasiz. Hamkasblaringiz ham ana shu xislatingizni qadrlashadi. Hafta o‘rtasida do‘stona uchrashuvlar hamda sayohat uchun qulay imkon tug‘iladi. Bunday fursatdan unumli foydalanib qoling. Dam olish kunlari romantik uchrashuvlar kutmoqda!

Manba: darakchi.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Munajjimlar bashorati: Baxtli lahzalarga boy hafta!