08:58 / 30.08.2018
4 475

“Xayrlisini ber”

“Xayrlisini ber”
Yelkasida ogʻir yuk tashib, rizqini topadigan bir hammol namozlarida har doim:

— Ey Allohim, menga nima bersang, xayrlisini ber, bitta non boʻlsa ham xayrlisini ehson et, — deb duo qilardi.

Hammolning doim bir xil duoni takrorlashi atrofidagi kishilarning eʼtiborini tortardi. Nihoyat bir kuni:
— Nimaga doim bir xil duoni takrorlaysan? Nonning xayrsizi ham boʻladimi? — deb soʻrashdi.

— Mening boshimga tushganlarini bilganlaringda sizlar ham shu duoni takrorlagan boʻlardinglar.

— Nima ekan boshingga tushgan, ayt, biz ham bilaylik.

— Men yelkamda ogʻir yuk tashib, non topadigan odamman. Bir kuni ogʻir yuk koʻtarib tepalik tomon chiqar ekanman, qattiq charchaganimdan yukni yerga qoʻyib, peshona terimni artib turib, ichimdan bir faryod otildi:

“Ey Robbim, yeyayotgan nonimni juda qiynab beryapsan. Shu birgina nonni mehnat, zahmatsiz oʻtirgan joyimda topishimni nasib qilgin!”

Bu duo ogʻzimdan chiqar chiqmas, birdan qarshimda ikki kishining janjallashayotganiga koʻzim tushdi. Oraga tushib, ularni ajratmoqchi boʻldim. Ulardan biri zarba berib, yuzimni qonatdi. Bu janjal ustiga kelgan mirshablar meni ham ularga qoʻshib hibsga oldi. Mahkama qarori chiqquncha qamoqda yotdim. U yerda menga har kuni non berilardi. Yotgan joyimda tekinga beriladigan bu nonni gʻam-alam ichida yeyolmasdim. Oʻzimga aytardimki: “Mana, na yelkangda yuk tashiysan, na peshonangdan ter oqadi. Oʻtirgan joyingda mehnat-mashaqqatsiz kelgan bu nonni yeyolsang-chi!”.

Shunda bildimki, tashqarida (ozodlikda) mehnat qilib, poshona terim bilan topgan nonim, hibsda, yotgan joyimda tekinga beriladigan nondan lazzatli va huzurbaxsh ekan. Men notoʻgʻri duo qilgan ekanman. Shu kundan boshlab duoni oʻzgartirdim. Allohdan mehnat-mashaqqat bilan boʻlsa-da xayrlisini ber — deb soʻraydigan boʻldim.

Manba: Azon.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » “Xayrlisini ber”