15:25 / 03.09.2018
7 594

“Oddiy yashash”ga oʻrganish uchun asqotadigan 8 ta maslahat

"Оддий яшаш"га ўрганиш учун асқотадиган 8 та маслаҳат
Oddiy yashash degani bu – joyni har qanday jismoniy va ruhiy “chiqindilardan” boʻshatish va oʻta samaradorlik hamda isteʼmol qilishning yuqori darajasi sizni baxtli kishiga aylantirmasligini tushunish. Oddiy yashash degani oddiy narsalardan huzur olishni anglatadi: yolgʻizlik, sukunatdan zavqlanib, hayotning har bir lahzasining qadriga yetish.

Mashhur bloger va kitoblar muallifi Leo Babauta kattalar hayotida oʻz yoʻlingizni boshlashga yordam beradigan sakkizta maslahat beradi.

1.Yodingizda boʻlsin: har qanday kurash miyangizdan boshlanadi

Biror narsani ololmaganlik sabab zoʻriqish va hafsalaning pir boʻlishi, shoshqaloqlik va ishga koʻmilganlik bularning bari – muvaffaqiyat, odam, buyum, mavqe kabi narsalarga tobelik sabab miyangizda tugʻiladi. Oʻz tobeligingizni “qoʻyib yuboring”. Ana oʻshanda hech narsa sizni xafa qilib, tushkunlikka tushirmaydi.

2. Tobe boʻlgan narsalaringizni kuzating

Agar ularni “qoʻyib yubormasangiz”, hayot osonlashib qolmaydi. Agar eski yodgorliklarga bogʻliqlik sabab uyingizni chiqindilardan tozalay olmasangiz, doimiy faollik va yozishmalarga tobe boʻlsangiz, informatsion yuk va charchoq sizga xavf soladi.

Tobeligingizni oshiradigan narsalar va nimadan xalos boʻla olmayotganingizni kuzating. U xoh buyum, xoh odam yoki ish boʻlsin, ulardan xalos boʻlmasangiz, erkinlikka erishmaysiz. Hayot esa doim murakkab boʻladi.

Foto: Pixabay
3. Chalgʻish odatidan xalos boʻling

Biz doimiy ravishda chalgʻish, darslarni boʻlib, oʻzimizni juda band deb his etishga koʻnikkanmiz. Biror kishi bilan suhbatlashayotganda messenjerdagi xabarlarga chalgʻiymiz.

Bu xarakter yoki miyaning oʻziga xosligi emas, balki yomon odat ekanini tushunish kerak. Agar qattiq harakat qilinsa, undan xalos boʻlish mumkin.

4. Hayotni toʻliq ekran rejimida oʻtkazing

Tasavvur qiling, sizning har qanday ishingiz – emailʻga javob, idish yuvish yoki mutolaa – katta ekranda namoyish etilmoqda. Faqat shu vazifa bor. Siz undan boshqa hech narsani koʻrmaysiz. Agar har bir ishni toʻliq ekranda namoyish etsangiz, hayotdagi zoʻriqishlar kamayadi.

Har qanday ishga toʻliq diqqatni jamlasangiz, undan zavq olib, yaxshiroq bajarish mumkin boʻladi.

Foto: Pixabay
5. Ishlar oʻrtasidagi tanaffuslarni oshiring

Roʻyxatingizdagi ishlar sonini qisqartiring. Bajarishingiz mumkin boʻlgan ishning yarmini rejalashtiring. Oʻzimizni doimiy ravishda ishlar bilan band qilamiz. Ovqat tayyorlash, oʻzimizni tartibga solish, kiyim-kechaklarni tozalash kabi yumushlarni unutib qoʻyamiz.

Yashashga ulgurish uchun atrofda sodir boʻlayotgan narsalarni kuzatishga vaqt toping.

6. Oddiy narsalardan huzur toping

Mutolaa, oʻrganish, sayr qilish, oddiy taom, meditatsiya, siz uchun qadrli boʻlgan odamlardan zavq oling. Keyingi safar hayot sizga juda murakkab boʻlib koʻringanida bu narsalar har doim mavjudligi va zavq olib kelishini yodda tuting.

Foto: Pixabay
7. Sizga nima kerakligini tushuning va boshqa narsalardan voz keching

Aslida nima istashimizni kam hollardagina bilamiz. Suratni koʻrishimiz bilan hayot yoʻnalishini oʻzgartirish fikriga kelamiz. Boshqalarga qarab, amalga oshmaydigan xohishlarni oʻylab topamiz. Shuning uchun aziyat chekishni boshlaymiz. Oʻzga kishi shugʻullanayotgan qimmatbaho xobbi bilan mashgʻul boʻlishni xohlaymiz. Boshqa soch turmagi, boshqa telefon, boshqa hayotni istaymiz.

Keraksiz boʻlmagan ishlar, xarid va istaklarni koʻproq belgilasangiz, hayotingiz oson va yaxshiroq boʻladi.

8. Hech nima bilan band boʻlmaslikni amalga oshiring

Doimiy ravishda band boʻlishga shu darajada oʻrgandikki, hech nima bilan band boʻlmaslik bizga aziyat beradi. Barcha mashgʻulotlardan voz kechishga harakat qiling: oʻqimang, smartfonga qaramang, isteʼmol qilmang.

Dastlab miyangizda biror narsa bilan band boʻlish haqidagi takliflar paydo boʻladi. Zerikishni boshlaysiz, uyqungiz keladi. Chekinmang – bor-yoʻgʻi hech narsa qilmang.

Bunday odatiy tajribaga uzoq muddat sabr qilish mushkul. Asta-sekinlik bilan moslashing. Bu zoʻriqish, ichki shoshqaloqlikni yengishda yordam beradi.

Bu maslahatlarga amal qiling va hayotingiz qanday oʻzgarishiga nazar soling. Atrofda va oʻzingizda juda koʻp yoqimli narsalarni topishingiz aniq.

P. S. Bu maqolani boshqa ishlarga chalgʻimasdan oʻqidingizmi? ;)

Manba: Kun.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » “Oddiy yashash”ga oʻrganish uchun asqotadigan 8 ta maslahat