15:24 / 09.09.2018
6 898

Narigi dunyodan kelgan arvoh... yoxud taksi haydovchisining haqiqatlari

Narigi dunyodan kelgan arvoh... yoxud taksi haydovchisining haqiqatlari
Argentinaning San Xose de la Eskina shahrida yashovchi oʻrta yoshli Pedro Peroni ismli erkak yaqinda oʻzining “Jip”ida kelayotgandi. Yoʻlda taxminan 22-25 yosh atrofidagi kelishgan bir yigit toʻxtatdi. Chorrahalarning biriga yetganda, yigit shu yerda tushib qolishini aytdi. Bunga qadar ancha yoʻl bosishdi. Yigit negadir gapirmas, sukut saqlardi xolos. Chorrahaga yetay deganda, nimagadir mashina injiqlik qila boshladi. Salondan yoqimsiz bir hid taralayotganini his etdi. Haydovchi zarda aralash pastga tushdi-da, motor atroflarini koʻzdan kechirdi. Hammasi joyida. Qaytib mashinaga oʻtirganda esa orqa oʻrindiqdagi yoʻlovchi yoʻq. Izsiz gʻoyib boʻlibdi.

Vaholanki, ular turgan yer yaydoq edi. Bu yerda na daraxt, na bino bor edi. Haydovchi sassiq hiddan koʻngli agʻdarilguday boʻlib orqa oʻrindiq tarafga oʻtdi. Oʻtdi-yu, boyagi izsiz yoʻqolib qolgan sirli yoʻlovchi yigitni uchratdi. U salonda goh yotgan, goh choʻnqayib oʻtirgan holda koʻziga koʻrina boshladi. Ochigʻi, bunday manzarani koʻrgan odamning kuppa-kunduzi ham esxonasi chiqib ketadi. Yuragi zaif odam boʻlsa til tortmay oʻladi. Negaki, haydovchining bu yoʻlovchi yigit aslida boqiy dunyodan tashrif buyurganiga shubhasi qolmagandi. Maʼlum muddat yuragini vahima bosib qoʻllarigacha qaltirab ketaverdi. Oxiri oʻzini bosdi. Xudoning marhamatiga yana bir karra qoyil qolib ehtiyotkorlik bilan mashinasiga chiqib oʻtirdi.

Faqat hanuz uni bir savol qiynaydi. Nega bu arvoh yerda yuribdi? Ular havoda muallaq turgan holda koʻzga koʻrinmasmidi? Demak, xudo xohlasa, murdani yana harakatlanadigan tanaga aylantirib qoʻyib yuboraverarkan-da! Shunday boʻlsa, arvoh ne niyatda keldi?

Afsuski, bu savollarga haydovchi umrining oxiriga qadar ham javob topa olmasa kerak.

Manba: hordiq.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Narigi dunyodan kelgan arvoh... yoxud taksi haydovchisining haqiqatlari