Psixolog va “Iroda ish bermayapti” kitobi muallifi Benjamin Xardi Mediumʻdagi ustunchasida oʻqib oʻrganish miyaga qay darajada ijobiy taʼsir koʻrsatishi, xotirani yaxshilab, odamni baxtliroq qilishi haqida yozgan.
“Koʻk zonalar amaliyotda: Qanday qilib uzoq umr koʻrish mumkin?” kitobida yozuvchi Den Byuttner uzoq va baxtli umr kechirish toʻgʻrisida fikr bildiradi. Sirlardan biri – doim biror yangi narsa oʻrganish. Agar taʼlim olishni toʻxtatsangiz, tezda qariysiz.
Taʼlim olishning turli usullarini qoʻllang
Bir gʻoya yoki predmetni oʻrganish uchun koʻp vaqt sarflash juda muhim. Biroq oʻrganishning turli usullaridan foydalanishingiz zarur.
Albatta, aynan NIMAni oʻrganayotganingiz QANDAY oʻrganayotganingizga qaraganda muhim. Agar siz faqat kitob oʻqiyotgan boʻlsangiz, miyangizning muayyan qismi “qotib qoladi”, shu sabab tezroq qariysiz.
Hammamizda oʻrganishning oʻziga xos usullari bor. Murakkab vaziyatlarda yordamchi usullardan foydalanamiz. Biroq biz inkor etadigan va “qochadigan”lari ham bor.
Ularga:
- Tasavvur: gʻoyalarni oʻylab topish;
- Aks ettirish: oʻylab topgan gʻoyalaringizni oʻrganish;
- Tahlil: oʻrganganlaringizni sintez qilish, gʻoyalarni endilikda qanday qoʻllash borasida strategik rejalar tuzish;
- Harakat: maqsadga erishishda yordam beradigan harakatlar;
- Sinov: muammoni turli rakursdan oʻrganish;
Taʼlim olishning koʻplab usullariga murojaat eting, ana oʻshanda miyangiz tezroq va yaxshi ishlaydi.
Har kuni 15-30 daqiqani biror yangi narsani oʻrganish uchun ajrating
Bolaligimizda koʻplab turli narsalarni qoʻllab koʻrganmiz. Miyangiz rivojlangan. Afsuski, vaqt oʻtishi bilan odamlar yangi mashgʻulotlar bilan tajriba oʻtkazishni toʻxtatadilar. Bu notoʻgʻri. Har kuni biror yangi narsani oʻrganing. Masalan:
Foto: Unsplash
Tillar
Bu miya uchun aʼlo darajadagi mashq. Faqat tilni bir uslubga asoslangan holda oʻrganish maʼqul emas. Buni amalga oshirish boʻyicha bir necha maslahatlar bor:
- Kartochkalar;
- Filmlarni asl holida tomosha qilish;
- Xorijliklar bilan muloqotda boʻlish;
- Xorijiy tilda musiqa tinglash;
- Kitoblarni asl holida mutolaa qilish;
- Xorij madaniyatini oʻrganish.
Amaliyotda qancha koʻp uslubni qoʻllasangiz, shuncha yaxshi. Bundan tashqari, kuniga faol oʻrganish uchun sarflangan 15-30 daqiqa ongingizni kengaytiradi.
Foto: Unsplash
Musiqa asboblari
Bu ham miya uchun foydali. Oʻrganish jarayonini oʻyinga aylantiring. Masalan, siz vazifalar va maqsadlarni bajarishingiz lozim. Oldingizga kichik maqsadlar belgilang. Telefondagi ilova yordamida fortepianoda chalishni oʻrganish. Bu qiziq. Bundan tashqari, qanchalik chuqur oʻrganishingiz mumkinligi oldindan maʼlum emas.
Yangi narsalarni oʻrganganingizda miyangiz qanday oʻzgaradi?
Birinchidan, oʻrganish xotirani yaxshilaydi. Ishqibozlar hatto fotografik xotirani ham yaxshilashlari mumkin. Bu haqiqat.
Ikkinchidan, kichik gʻalabalarga erishgach, oʻzingizga boʻlgan ishonch hissi ortadi.
Uchinchidan, bir predmetni oʻrganish hayotingizning boshqa sohalaridagi ijodiy natijalarga sabab boʻladi. Oʻrganishning umuman yangi usuli yordamida biror predmetni oʻzlashtirish orqali miya hozirgi mashgʻulotlar uchun gʻaroyib aloqalarni ishlab chiqaradi. Bu “qoʻshimcha oʻrganish” deb ataladi.
Bu eng samarali instrument boʻlsa kerak. Aynan shu usul bilan Albert Eynshteyn, Bitlz va eng yaxshi innovatorlar hamda rassomlar ilm va ijodda katta natijalarga erishishgan. Masalan, Albert Eynshteyn vaqt nisbiyligini anglaganida patent idorasida ishlardi. Bitlz xorij musiqasini oʻrganib, keyinchalik rok-n-rol otasi va afsonasiga aylandi. Dunyoning yetuk oshpazlaridan biri Grant Akas oʻzining asosiy ishi uchun ilhom topish maqsadida mavhum sanʼatni oʻrgandi.
Natijalarni qanday maksimallashtirish mumkin?
- Har kuni biror yangi narsa oʻrganing (musiqa asbobida chalish, til, kulinariya, sayohat).
- Buni zavq olish uchun bajarayotganingizga qaramay, oldingizga maqsad qoʻying.
- Oʻrganish jarayonini oʻyinga aylantiring. Masalan, doʻstlar bilan musobaqalarni tashkillashtirishingiz mumkin.
- Bu ishga haftasiga besh marta 15-30 daqiqadan vaqt ajrating.
- Bir yoki ikki haftada bir marta toʻliq oʻzlashtirish va diqqat uchun uch soatlik sessiya oʻtkazing.
- Bunday sessiyalar paytida har besh daqiqada fitnes-tanaffus qiling. Masalan, uy atrofida aylaning yoki 50 ta tortilish mashqini bajaring.
- Koʻp suv iching.
- Yoningizda bloknot olib yuring va barcha kreativ gʻoyalarni yozib yuring. Ular asosiy faoliyat turi bilan bogʻliq yoki bogʻliq emasligining farqi yoʻq.
- Yangi koʻnikmalar kelajakda qanday yordam berishini oʻylang. Ijodkor boʻling. Masalan, muallif fortepianoda chalishni oʻrganmoqchi. Maqsad fotografik xotirani rivojlantirib, ijodiy tafakkurni kuchaytirish. Musiqa unga murakkab muammolarni bartaraf etish va tuygʻularni bayon etishda yordam beradi. U bu mashgʻulot miya va ijodkorlik uchun foydali boʻladi deb hisoblaydi.
Boshqacha qilib aytganda, biror narsani nima uchun bajarayotganingizni tushunishingiz kerak. Biroq oʻz oldingizga maqsad qoʻyib, ularga erishishingiz lozim.
Foto: Unsplash
Natija
Yangi narsalarni oʻrganish orqali oʻzgarasiz. Agar yangi mashgʻulotlar uchun kuniga 15-30 daqiqa vaqt ajratsangiz, ularga toʻliq diqqatni qaratib, miyaning turli sohalarini faollashtirsangiz, yosharasiz va sogʻlom boʻlasiz.
Bundan tashqari, yuqori natijalarga erishgan sohalaringizda bilimlaringizni mukammallashtirasiz. Oʻzingiz va dunyoga boshqa nazar bilan boqasiz.
Atrofdagilarga taʼsiri
Oʻzgarganingizda sizning psixologiyangiz, biologiya, atrofdagi muhit va yaqinlaringiz ham oʻzgaradi. Odamlar bilan oʻzgacha muloqot qilishni boshlaysiz. Oilangiz va doʻstlaringizni yanada koʻproq yaxshi koʻrasiz. Ularni qadrlab, boshqacha nazar solasiz.
Tasavvuringiz kengayadi, tafakkurning chegaralangan modellaridan xalos boʻlasiz.
Manba: [leech=https://kun.uz/news/2018/09/10/kuniga-angi-narsa-u... [/leech] “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Bosh kiyimsiz yurishning organizmga qanday ta’siri bor?
O‘zbekistonda onkologik kasallikka chalingan ayollar bepul davolanadi
Endi «Doimiy yashash joyiga ro‘yxatga qo‘yish» qulaylashdi (video)
Medvedev Rossiya NATO harbiy bazalariga zarba yo‘llashi mumkinligini istisno qilmadi
Gretsiyada minglab odamlar NATOga qarshi namoyish o‘tkazdi
Organizmda qaysi turdagi vitamin yetishmayotganini qanday aniqlash mumkin?
Erdo‘g‘on: “Turkiya G‘azo mojarosi tugamaguncha Falastinni qo‘llab-quvvatlaydi”
Slovakiya bosh vaziri Putinning taklifini qabul qildi