22-sentyabr kuni Krasnoyarskdagi “Korona” banket zalida o‘tkazilgan reydda 8 nafar o‘zbekistonlik migratsiya qoidalarini buzganlikda ayblandi, deb yozmoqda uz24.uz nashri. Ularning 4 nafari jarimaga tortilib, mamlakatdan chiqarib yuborilishi belgilandi, yana 4 nafari vaqtincha saqlash markaziga joylashtirildi.
O‘zbekiston tomoni — Novosibirskdagi Bosh konsullik fuqarolarga huquqiy yordam ko‘rsatmoqda va zarur hujjatlarni Krasnoyarsk o‘lkasi huquqni muhofaza qiluvchi organlariga taqdim etdi.
Tashqi ishlar vazirligi bunday reydlar qonuniy asosga ega bo‘lishi va madaniy tadbirlarga to‘sqinlik qilmasligi kerakligini ta’kidladi. Avvalroq tarqalgan videolarda Rosgvardiya xodimlari konsert davomida mehmonlarning hujjatlarini tekshirayotgani va xizmat itlari jalb qilinishi aks etgandi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!