Samarali ishlashingiz uchun uyquga toʻyishingiz kerak, lekin agar siz vaqtingizni uxlashga sarflasangiz, unda ishlaringizni bajarishga ulgura olmaysiz – bir qarashda bu muammoning yechimi yoʻqdek koʻrinadi.
Statistik maʼlumotlarga koʻra, bizning zamondoshlarimiz oʻtgan asrdagilarga qaraganda uyqu uchun bir soat kam vaqt ajratar ekan. Va bu ruhiy va jismoniy salomatlik bilan bogʻliq muammolarning asosiy sababi hisoblanadi.
Olimlar bizga biroz boʻlsa-da koʻproq uxlashga yordam beruvchi bir necha oddiy usullarni tavsiya qilmoqda.
Uxlash xonasidagi chiroqni oʻchiring
Agar siz miyangizni chiroqning yorugʻligi yordamida qiynasangiz, u uxlay olmaydi. Ayniqsa unda kunduzgi chiroq norozilik tugʻdiradi.
Qoʻl telefoningizni uzoqroq qoʻying
Gadjetlarning ekrani – uyqusizlikning haqiqiy omillari. Piksellarning lip-lip oʻtishi va butun kecha davomida undan chiqadigan axborotlar oqimi sizni uyqudan mahrum qiladi yoki hech boʻlmasa uyquga ketish jarayonini ancha uzaytiradi.
Qahva ichishni tashlang
Albatta, ertalab ichilgan qahva sizni yarim soatga tetiklashtiradi. Lekin kofein miyadagi melatonin miqdoriga taʼsir koʻrsatadi. Shuning uchun qahva ichish odati uxlay olmaslikning sababiga aylanadi.
Uyquga ketishni taomilga aylantiring
Takrorlanuvchi harakatlar miyada uyquga ketish odatini shakllantiradi. Shuning uchun bir nechta oddiy harakatlar oʻylab topish va har kuni uxlash vaqti kelganda ularni amalga oshirish samara beradi.
Boshingizni sovuqda, oyoqlaringizni esa issiqda tuting
Xonaning salqin, toza havosi va oyoqlarga qoʻyilgan iliq grelka uyqu uchun zarur sharoit yaratadi.
Koʻpikli vanna qabul qiling
Xushboʻy tuzlar va tinchlantiruvchi koʻpikli vanna mushaklarni boʻshashtirishga, koʻpincha uyqusizlikning sababi hisoblanadigan taranglikdan qutulishga yordam beradi.
Yaxshi narsalar haqida oʻylang
Uxlash oldidan oʻzingizga kunning omadsiz lahzalari yoki hayotingizdagi barcha mashʼum xatolar haqida oʻylashni taqiqlang. Yaxshisi, kuchukchalar yoki shunga oʻxshash yoqimtoy narsalar haqida oʻylang. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Bosh kiyimsiz yurishning organizmga qanday ta’siri bor?
Slovakiya bosh vaziri Putinning taklifini qabul qildi
Organizmda qaysi turdagi vitamin yetishmayotganini qanday aniqlash mumkin?
Medvedev Rossiya NATO harbiy bazalariga zarba yo‘llashi mumkinligini istisno qilmadi
Erdo‘g‘on: “Turkiya G‘azo mojarosi tugamaguncha Falastinni qo‘llab-quvvatlaydi”
Endi «Doimiy yashash joyiga ro‘yxatga qo‘yish» qulaylashdi (video)
Gretsiyada minglab odamlar NATOga qarshi namoyish o‘tkazdi
O‘zbekistonda onkologik kasallikka chalingan ayollar bepul davolanadi