O‘zbekiston suv xo‘jaligi sohasida katta yutuqqa erishdi — mamlakatdagi ikki muhim kanal xalqaro irrigatsiya merosi deb topildi. Bu haqda Suv xo‘jaligi vazirligi Axborot xizmati orqali ma’lum qilindi.
2025 yil uchun «WHIS Award» (Butunjahon irrigatsiya merosi) mukofotiga O‘zbekistondagi “Do‘stlik” va “Eski Tuyatortar” kanallari munosib ko‘rildi. Mazkur mukofot 100 yildan ortiq vaqtdan beri ishlatib kelinayotgan, tarixiy ahamiyat kasb etuvchi gidrotexnika inshootlariga beriladi. Ushbu qaror Xalqaro irrigatsiya va drenaj komissiyasi tomonidan qabul qilingan.
“Do‘stlik” kanali Sirdaryo havzasida joylashgan bo‘lib, u O‘zbekiston va Qozog‘iston hududlaridan o‘tadigan transchegaraviy yirik irrigatsiya inshooti hisoblanadi. Bu kanal orqali minglab gektar yerlar suv bilan ta’minlanadi va qishloq xo‘jaligi rivojiga katta hissa qo‘shiladi.
“Eski Tuyatortar” kanali esa Zarafshon daryosida joylashgan ko‘p asrlik tarixiy gidrotexnika obidasidir. U bir necha yuz yillar mobaynida suv taqsimoti va dehqonchilikning asosiy manbai bo‘lib kelgan.
O‘zbekistondagi ikki kanal xalqaro meros sifatida e’tirof etildi
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Mavzuga oid yangiliklar