date

15 daqiqa – tetiklik siri

15 daqiqa – tetiklik siri

Zamonaviy hayot ko‘p hollarda o‘tirib ishlash bilan bog‘liq. Shuning uchun ertalab qisqa mashqlar qilish sog‘liq uchun foydali. Atigi 15 daqiqa mashq organizmni uyg‘otib, kun davomida tetiklik beradi.

Mutaxassislar oddiy mashqlar – cho‘zilish, yengil yugurish, yengil badantarbiya – qon aylanishini yaxshilashini, yurak faoliyatini qo‘llab-quvvatlashini va energiya berishini taminlaydi. Bu odat ish samaradorligini ham oshiradi.

Mashqlar uchun maxsus jihoz kerak emas. Ularni uyda, hatto gilam ustida ham bajarish mumkin. Eng muhimi, har kuni 15 daqiqa vaqt ajratishdir.

Ertalabki mashqlar kayfiyatni ko‘taradi, stressni kamaytiradi va kunni ijobiy ruhda boshlashga yordam beradi. Bu oddiy odat sog‘lom turmush tarzini shakllantirishda katta ahamiyatga ega.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Foydali » 15 daqiqa – tetiklik siri