La Liganing yangi mavsumi qizg‘in pallaga kirib bormoqda va muxlislarni eng ko‘p qiziqtirayotgan savollardan biri – chempion kim bo‘lishi mumkinligi. “CIES Football Observatory” tomonidan taqdim etilgan so‘nggi taxminlarga ko‘ra, La Ligada chempionlik uchun eng yuqori ehtimol Madridning mashhur klubi – “Real Madrid”ga tegishli.
Tahlilchilarning xulosasiga ko‘ra, “qirollik klubi”ning chempionlik imkoniyati 40 foizdan ortiqroq ko‘rsatkichga ega. Bu holat “Real”ning mavsumdagi barqaror harakati va kuchli tarkibi bilan bog‘lanmoqda.
Ikkinchi o‘rinda esa “Barselona” joy olgan. Kataloniya klubining chempionlik ehtimoli 29,6 foizga baholanmoqda. Demak, Flik shogirdlari ham mavsum oxirigacha jiddiy raqobat qila olishi mumkin.
“Atletiko Madrid” esa 22,1 foizlik imkoniyat bilan uchinchi o‘rinda qayd etildi. Diyego Simeone qo‘l ostidagi jamoa har doim kurashchanligi va intizomi bilan tanilgan, shu bois ular ham chempionlik poygasidan chetda qolmasligi aniq.
Shu tariqa, La Liganing bu mavsumi an’anaviy tarzda “Real”, “Barselona” va “Atletiko” o‘rtasida qizg‘in bahslarga boy bo‘lishi kutilmoqda. Muxlislar esa har bir turni katta qiziqish bilan kutib olishi tayin.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!