date

Qulay, ammo xavfli? Nam salfetkalar haqida haqiqat

Qulay, ammo xavfli? Nam salfetkalar haqida haqiqat

Nam salfetkalar hozirda har bir oilada bor desak, mubolag‘a bo‘lmaydi. Ular qulay, vaqt tejaydi va gigiyena uchun yordamchi hisoblanadi. Biroq, hamma narsada bo‘lgani kabi, ularning ham foydali va ehtimoliy zararli tomonlari mavjud.

Foydali jihatlari:

  • Chaqaloqlar uchun qulay – podguznik almashtirishda yoki yo‘lda tozalik saqlashda yordamchi.

  • Kattalar uchun ham asqotadi – safarda, restoranda yoki ishxonada qo‘l tozalash uchun yaxshi variant

  • Ayrimlari teri uchun muloyim – gipoallergenik, spirtsiz va tabiiy ekstraktlar asosida ishlab chiqilganlari terida qattiqlik qilmaydi.

Zararli jihatlari:

  • Tarkibidagi moddalar – ko‘plab nam salfetkalarda parfyum, spirt va paraben, propilenglikol, fenoksietanol kabi konservantlar bo‘ladi. Ular teri orqali organizmga o‘tib, ayrim hollarda allergiya yoki sezgirlikni kuchaytirib terini qizarishiga olib kelishi mumkin.

  • Chaqaloqlar terisida ehtiyotkorlik kerak – pediatrlar chaqaloqlarga har doim ham nam salfetka ishlatishni tavsiya qilmaydi. Asosan toza suv va muloyim mato yaxshi. Ko‘p ishlatilsa, teri quruqlashishi yoki toshmalar chiqishi mumkin. Nam salfetkalar esa faqat yo‘lda yoki favqulodda holatlarda ishlatish uchun maqbul.

  • Ekologiyaga ta’siri – ko‘plab nam salfetkalar bioemas, chirimaydi va chiqindilar orasini ko‘paytirib yuboradi. Ayrim nam salfetkalar kanalizatsiyaga tashlanganda quvurlarni to‘sib qo‘yadi. 2017 yilda Londonda nam salfetkalar to‘planib, quvurlarda 130 tonnali “gigant to‘siq” hosil qilgan. Shu sababli Yevropa mamlakatlarida bioemas salfetkalarni cheklash masalasi ko‘tarilmoqda.

  • Teri muammolari – ayrim odamlarda uzluksiz nam salfetka ishlatish natijasida ekzema, toshma, quruqlik paydo bo‘lishi mumkin.

Ishlatish qoidalari:

  • Salfetkani faqat bir marta ishlatish kerak.

  • Har doim terini salfetkadan keyin havo bilan “dam oldirish” zarur.

  • Yaxshisi, uyda suv va sovundan foydalanish.

Nam salfetkalar hayotimizni yengillashtiradi, lekin ulardan me’yorda va to‘g‘ri sharoitda foydalanish muhim. Ayniqsa, chaqaloqlar uchun tarkibida spirt va kuchli atir moddalari yo‘q, gipoallergenik turlarini tanlash tavsiya etiladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Foydali » Qulay, ammo xavfli? Nam salfetkalar haqida haqiqat