Yaponiya hukumati Rossiya hududida faoliyat yuritib kelgan “Yaponiya markazi” nomli notijorat tashkilotining barcha olti filialini yopish haqida qaror qabul qildi.
Bu haqda vazirlar mahkamasi bosh kotibi Yosimasa Xayasi jurnalistlarga ma’lumot berdi. Uning aytishicha, mazkur qaror Tokio va Moskva o‘rtasidagi munosabatlarning hozirgi ahvoli hamda “Rossiyadagi vaziyat” bilan bog‘liq.
“Markazlar ishini to‘xtatish haqida rasmiy qaror qabul qilindi”, — deya ta’kidladi Xayasi.
TBS telekanali tarqatgan ma’lumotga ko‘ra, Yaponiya hukumati bu qaror haqida Rossiya tomonini oldindan ogohlantirgan. Shu bilan birga, markazlarda ishlovchi xodimlarning xavfsizligini ta’minlashda yordam berish so‘ralgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Mavzuga oid yangiliklar