date

O‘zbekistonda barcha ta’lim muassasalarida xitoiy tili o‘qitiladi

O‘zbekistonda barcha ta’lim muassasalarida xitoiy tili o‘qitiladi

O‘zbekistonda xorijiy tillarni o‘qitish tizimi yanada kengaymoqda. Yangi tashabbusga ko‘ra, oliy ta’lim muassasalari, texnikumlar va umumta’lim maktablarida xitoiy tili bosqichma-bosqich joriy etiladi.

Prezidentning Xitoyga tashrifi davomida qator strategik kelishuvlar imzolandi. Ular orasida energetika, geologiya, kimyo, transport, qishloq va suv xo‘jaligi sohalaridagi yirik kompaniyalar bilan umumiy qiymati 35 milliard dollarlik istiqbolli loyihalar paketi ham bor.

Bunday loyihalarni amalga oshirish uchun esa yuqori malakali kadrlar zarur. Xususan, zamonaviy texnologiyalarni o‘zlashtira oladigan va xitoiy tilini mukammal biladigan mutaxassislarga ehtiyoj katta ekani ta’kidlandi.

Shu maqsadda har bir viloyatda ikkitadan “O‘zbekiston–Xitoy ustaxonalari” tashkil etiladi. Ushbu ustaxonalarda kasb-hunar yo‘nalishlarida amaliy mashg‘ulotlar, ilg‘or texnologiyalarni o‘rgatish va ikki davlat tajribalarini uyg‘unlashtirish rejalashtirilmoqda.

Shuningdek, xitoiy tilini o‘qitish jarayonida 100 dan ziyod til egalari va ko‘ngilli o‘qituvchilar jalb qilinadi. Ular mahalliy pedagoglar bilan hamkorlikda zamonaviy dasturlar asosida darslar olib boradilar.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » O‘zbekistonda barcha ta’lim muassasalarida xitoiy tili o‘qitiladi