07:01 / 01.10.2018
5 178

Hayoli singil

Hayoli singil
Qadim zamonda podshoh, bir yigitni aybi uchun oilasi bilan oʻlimga hukm qilibdi.

Podshoh mahbuslarni oxirgi soʻzlarini eshitmoqchi boʻlib zindonga boribdi. Podshoh birinchi boʻlib yigitni otasidan soʻrabdi:

– Oxirgi soʻzingizni ayting?

Yigitni otasi:
– O, Podshohi olam, biz oʻlganimizdan soʻng meni haqqimga duoi fotiha oʻqing sizni duoingiz ijobat boʻladi. Insha Alloh...

“Podshohlar Allohni yerdagi soyasidur” deganlar”. Podshoh yigitni onasini yoniga kelib soʻradi:
– Ey onaizor, oxirgi soʻzingiz nima?

Ona:
– Podshohi olam, onaga dunyoda eng yomoni farzandini jon berishini koʻrish, u dunyoyu bu dunyo bundan ortiq azob yoʻq ona uchun. Oldin meni osishsin, zeroki, farzandimni oʻlimini koʻrmay”.

– Navbat yigitni yakkayu yagona singlisiga kelibdi,

Podshoh:
– Ayt, oxirgi tilagingni bajaraman?

Singil:
– Podshohi olam, menga igna-ip keltirsin iltimos, koʻylagimni etagi ozgina yirtilibdi, shuni tikib olay.

Podshoh:
– Sen ertalab saharda shahar oʻrtasidagi dorga osilasanu, nima qilasan etagingni tikib, endi nima farqi bor, nima foydasi bor buni?

Singil:
– Ey podshohi olam!

Men akamni singlisiman. Akam menga: “hayoli, iboli qiz boʻlgin” deganlar. Meni hamisha tergab, yurish-turishimni nazorat qilib begona koʻzlardan saqlaganlar...

– Ertaga xaloyiqni oldida dor ostiga qanday etagi yirtilgan koʻylak bilan chiqaman “Uyat oʻlimdan yomon”. Akam mayli jinoyat qilgandir, lekin umrimni oxirigacha akamga munosib singil boʻlay, ijozat bering”.

Podshoh koʻziga yosh olib:
– Hammalaringni afv etdim, gunohlaringizdan oʻtdim debdi, shunday singilga aka boʻlgan yigitni kechirmay boʻladimi afv etdim degan ekan..!

Manba: Azon.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Hayoli singil