Islom xatoni doim ayol kishi qiladi, degan fikrda emas. Ko‘p hollarda erkak ham xatoga yo‘l qo‘yadi.
Yomon xulqli ayoldan erkak taloq hukmi bilan qutuladi degani, aksincha, erkakning xulqi yomon bo‘lganida, ayol hech narsa qila olmasligini anglatmaydi.
Islom shariati quyidagi holatlarda ayolga ajrashishni talab qilish huquqini bergan: er zarar yetkazaversa, jinsiy ojizlik qilsa, oilasini boqishga kuchi yetmasa, uzoq vaqt yo‘q bo‘lib ketsa va hokazo. Zarar yetkazishiga misol. Xotin eridan chidab bo‘lmas darajadagi ko‘rguliklarni boshidan o‘tkazadi. Masalan, er urishga yoki doim so‘kishga odatlangan yoki xotinining yeb-ichish va kiyinish ehtiyojlarini qondirmaydi. Shunda u qoziga borib, ajrashtirishni so‘raydi. Qozi ishni o‘rganib chiqadi va ularni yarashtirishning imkoni bo‘lmasa, ajrashtiradi. Agar ayol ko‘rsatayotgan sabablar arzimas ko‘rinsa, ayolning talabi inobatga olinmaydi.
Xotin erini yoqtirmasa yoki eri unga yomon munosabatda bo‘lsa, Islom ayolga boshqa qurol beradi. Bu qurol xulu’dir.
Xulu’ – xotinning eriga pul taklif qilish yoki mahrdan bir qismini qaytarib berish evaziga taloq so‘rashi. Alloh taoloning:
“Agar ularning Alloh buyruqlarini bajara olmasliklaridan qo‘rqsangiz (eridan taloq olish niyatida) evaz berishida (va erning shu evazni olishida) er-xotin uchun gunoh yo‘q” (Baqara surasi, 229-oyat), degan so‘zi xulu’ mumkin ekanligiga dalildir. Ibn Abbos (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi. Aytdi: “Sobit ibn Qays ibn Shamosning xotini Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam)ning oldilariga keldi va: “Yo Rasululloh, men uning xulqi va dinidan nolimayman. Lekin Islomdagi noshukrligini yomon ko‘raman”, dedi. Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam): “Unga bog‘ini qaytarib berasanmi?” dedilar. U ayol: “Ha”, dedi. Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam) Sobitga: “Bog‘ni qabul et va uni bir taloq qil”, dedilar” (Imom Buxoriy rivoyati).
Bunday holatlarda xotin eridan taloq talab qilishi mumkin. Bu Islom dinining adolatini, ayol va erkakka o‘z haq-huquqlarini berishdagi qiymatini ko‘rsatadi.
Shariat o‘lchovida aqlga sig‘adigan sabab bo‘lmasa, xotinning eridan taloq so‘rashiga ruxsat berilmaydi. Bu borada Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam)ning: “Biron sababsiz eridan talog‘ini so‘ragan ayolga jannatning hidi (ham) harom”, degan so‘zlari keltirilgan (Imom Abu Dovud rivoyati).
Shuningdek, “Zarar yetkazish va o‘ziga zarar qabul qilish mumkin emas”, deyilgan hadisga binoan er ham biror sababsiz xotinini taloq qilishi mumkin emas.
Er-xotin o‘zaro muomalada Alloh belgilagan chegaraga rioya qilishlari, haqlarini ado etishlari, adovat va ajrashishga sabab bo‘ladigan muammolardan imkon qadar saqlanishga intilishlari kerak. Uylari baxt-saodat koshonasi bo‘lishiga, bolalarining tarbiyasi va namunali oila tashkil topishiga mas’ul ekanliklarini his qilishlari lozim. Shunda uylari komil insonlarni yetishtiradigan go‘shaga, olimu ulamolar tarbiya topadigan maskanga aylanadi. O‘sha vaqtda Allohning yordami bilan mo‘minlar qalbi quvonchga to‘ladi.
Manba: Azon.uz “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Endi «Doimiy yashash joyiga ro‘yxatga qo‘yish» qulaylashdi (video)
Erdo‘g‘on: “Turkiya G‘azo mojarosi tugamaguncha Falastinni qo‘llab-quvvatlaydi”
100 mln so‘mgacha bo‘lgan kreditlar soddalashtirilgan tartibda ajratiladi
Germaniya razvedkasi rahbari: “Rossiya yaqin yillarda NATOga hujum qilishi mumkin”
Eron Isroil bilan keng ko‘lamli urushga tayyorligini ma’lum qildi
Gretsiyada minglab odamlar NATOga qarshi namoyish o‘tkazdi
Organizmda qaysi turdagi vitamin yetishmayotganini qanday aniqlash mumkin?
Medvedev Rossiya NATO harbiy bazalariga zarba yo‘llashi mumkinligini istisno qilmadi