18:20 / 12.11.2018
3 328

Bir foiz qoidasi: nima uchun kimdir barini oladi, qolganlarga hech narsa tegmaydi?

Bir foiz qoidasi: nima uchun kimdir barini oladi, qolganlarga hech narsa tegmaydi?
«O‘n marta boy va muvaffaqiyatli bo‘lish uchun 10 marta ko‘proq ishlash shart emas. Bor-yo‘g‘i bir foiz qoidasini qo‘llang», – deya maslahat beradi mashhur bloger Jeyms Klir.

Jeyms Klir - amerikalik bloger, tadbirkor va sportchi. Xulq-atvor, odatlarni shakllantirish va mukammallikka intilish psixologiyasi haqida yozadi.

Kumulyativ afzallikning kuchi

Yonma-yon o‘suvchi ikki daraxtni tasavvur qiling. Ular har kuni bir-biri bilan quyosh nuri va namlik uchun raqobatlashadi. Agar bir daraxt boshqasiga qaraganda tezroq o‘ssa, ko‘proq quyosh va yomg‘ir suviga ega bo‘ladi. Kelasi kuni qo‘shimcha quvvat sabab yanada balandroq o‘sadi. Vaqt o‘tishi bilan ikkinchi daraxtni to‘sib qo‘yadi va quyosh nuri va tuproqdagi to‘yintiruvchi moddalarning ko‘pgina qismini olishga muvaffaq bo‘ladi.

Bunday daraxt ko‘proq urug‘ beradi. Demak kelasi avlodda bu turdagi daraxtlar ko‘proq bo‘ladi. Bu jarayon raqobatchilaridan biroz oldinlab ketgan daraxtlar o‘rmonni egallagunicha takrorlanadi.

Vaqt o‘tishi bilan ortib boradigan biroz afzallik olimlar tomonidan kumulyativ afzallik, deb ataladi.

G‘olib bariga ega bo‘ladi

Aynan shu jarayon odamlar bilan ham sodir bo‘ladi. O‘rmondagi daraxtlar kabi biz ham ko‘pincha bir xil resurslar uchun raqobatlashamiz. Siyosatchilar saylovchilar ovozi, yozuvchilar – bestseller ro‘yxatidagi o‘rin, sportchilar – oltin medallar, kompaniyalar – istiqboldagi mijozlar, telekanallar – e’tibor va vaqtimiz uchun raqobat qiladi.

Yuz foizlik yutuqqa ega bo‘lish uchun bor-yo‘g‘i bir foizlik, bir soniyalik, bir so‘mlik afzallikka ega bo‘lish lozim.

Cheklangan resurslar, masalan, vaqt va pul bilan bog‘liq har qanday qarorlar, tabiiy ravishda g‘olib bariga ega bo‘ladigan vaziyatga olib keladi.

G‘olib katta qismga ega bo‘ladi

Individual musobaqalarga xos «G‘olib bariga ega bo‘ladi» effekti hayotning qolgan sohalarida ko‘pincha «G‘olib katta qismga ega bo‘ladi» effekti paydo bo‘lishiga sabab bo‘ladi.

Omadli vaziyatga tushgan (oltin medal yutib olgan, direktorlik kursisiga ega bo‘lgan) g‘olib yana va yana g‘olib bo‘lish imkonini beruvchi kumulyativ afzalliklarni to‘plab boradi. Dastlab farqi birozgina tuyulgan narsa endilikda 20/80 qoidasiga aylanadi.

Bir sohadagi g‘oliblik boshqalarida muvaffaqiyatga erishish ehtimolini oshiradi. Kelasi har bir muvaffaqiyat g‘olibning mavqeini mustahkamlaydi.

Vaqt o‘tishi bilan barcha yutuq va afzalliklarga raqobatchilaridan biroz oldinda bo‘lganlar ega chiqishadi. Biroz ortda qolganlar esa deyarli hech narsasiz qoladilar.

Keling, maqolaning boshida ko‘tarilgan masalaga qaytamiz. Nima uchun ayrim kishilar va tashkilotlar afzallik va yutuqlarning katta qismiga ega bo‘lishadi?

Bir foiz qoidasi

Ishdagi u qadar katta bo‘lmagan farq ham vaqt o‘tishi bilan afzalliklarning noteng taqsimlanishiga olib keladi. Aynan shuning uchun ham to‘g‘ri odatlar muhim hisoblanadi.

Atigi 1 foiz raqobatchilardan o‘zib ketish uchun yetarli. Biroq agar afzallikni bugun, ertaga, kundan kunga qo‘llab-quvatlasangiz, borgan sayin ushbu afzallik sabab muvaffaqiyatga erishasiz. Har bir g‘oliblik yanada yaxshiroq natijalar keltira boshlaydi.

Aynan shu 1 foiz qoidasidir. Ikki marta ko‘p olish uchun ikki marotaba ko‘proq yaxshi bo‘lish shart emas. Bir foizga yaxshi bo‘lishning o‘zi kifoya.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Bir foiz qoidasi: nima uchun kimdir barini oladi, qolganlarga hech narsa tegmaydi?