Abu Ali ibn Sino yurtimiz va xalqimiz nomiga buyuk sharaf keltirgan ulugʻ mutafakkirlarimizdan biri. U Buxoro shahrida taʼlim olib, yoshligidan Qurʼoni karim, tafsir, hadis, kalom, arab tili, balogʻat ilmlarini oʻzlashtirgan.
Otasi uni hakim va faylasuf Abu Abdulloh Notiliyga shogirdlikka beradi. Uning qoʻlida mantiq, handasa (geometriya), falsafa, falakiyot (astronomiya) fanlaridan saboq oladi.
Ibn Sino nafaqat tibbiyotga oid asarlar yozdi, balki Qurʼon ilmi, hadis, grammatika va arab tili bilan mukammal shugʻullangan. U 10 yoshidayoq Qurʼoni karimni toʻliq yod olgan va “Ixlos” surasini paygʻambarimiz (s.a.v.) hadislaridan misollar keltirib, arab tilida tarjima (tafsir) qilgan. Bu esa uning mufassir boʻlganidan ham dalolat beradi. Mazkur sura mantiqiy usulda, oyatlardan baʼzi kalimalar alohida ajratib olingan holda tafsir qilingan. Ushbu tafsir bugungi kunda Saudiya Arabistonidagi “Maktabat ul-harami-l-makkiy” kutubxonasida saqlanmoqda.
Ibn Sino yoshligidan ijodga ham qiziqqan. Olim dastavval Nuh ibn Mansurga atab nafsoniy quvvatlar haqida risola, “Urjuza” nomli tibbiy sheʼriy asar va doʻsti Abulhusayn al-Aruziyning iltimosiga binoan “Al-hikmati Al-aruziy” (“Aruziy hikmati”) asarini tasnif etadi.
Mutafakkir boy merosi bilan jahon madaniyati taraqqiyotiga hissa qoʻshdi. Olim oʻz ijodi orqali Markaziy Osiyo, Yaqin va Oʻrta Sharq mamlakatlaridagi yuqori madaniy koʻtarinkilik, madaniy “uygʻonish”ning maʼnaviy yutuqlarini mujassamlashtira oldi. Butun Sharq va Yevropadagi maʼrifat, madaniyat taraqqiyotiga katta taʼsir koʻrsatdi. U oʻz davrida Sharq va Yevropada “Shayx ur-rais”, “Olimlar boshligʻi”, “Tabiblar podshohi” kabi nomlarga sazovor boʻldi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
100 mln so‘mgacha bo‘lgan kreditlar soddalashtirilgan tartibda ajratiladi
Medvedev Rossiya NATO harbiy bazalariga zarba yo‘llashi mumkinligini istisno qilmadi
Germaniya razvedkasi rahbari: “Rossiya yaqin yillarda NATOga hujum qilishi mumkin”
Organizmda qaysi turdagi vitamin yetishmayotganini qanday aniqlash mumkin?
Eron Isroil bilan keng ko‘lamli urushga tayyorligini ma’lum qildi
Gretsiyada minglab odamlar NATOga qarshi namoyish o‘tkazdi
Endi «Doimiy yashash joyiga ro‘yxatga qo‘yish» qulaylashdi (video)
Erdo‘g‘on: “Turkiya G‘azo mojarosi tugamaguncha Falastinni qo‘llab-quvvatlaydi”