Sovuq havoda sovqotish inson uchun tabiiy hol. Lekin, hamma iliq havoda yayrab o‘tirganda, sizning sovuqni his qilishingiz, sizdagi sovqotish hissi doimiy ravishda havo haroratiga mos tushmasligi e’tiborni talab qiladigan holatdir. Doimiy sovqotib yurishning mumkin bo‘lgan 10 ta sababi haqida gaplashamiz.
Ozg‘inlik
Tana vaznining indeksi 18,5 dan kam bo‘lganda, inson oson sovqotadi. Birinchidan, ozg‘in odamda tanani isitib turuvchi yog‘ zahirasi kam bo‘ladi. Ikkinchidan, ozg‘inlarning organizmi energiyani kam sarflaydi, shunga muvofiq, moddalar almashuvi sekin kechadi va issiqlik kam ajralib chiqadi. Biroz semirsangiz, boshqa sabablar bo‘lmasa, sovqotish holati ham o‘tib ketishi mumkin.
Qalqonsimon bezdagi muammolar
Qalqonsimon bez funksiyasining pasayishi — gipotireozning belgilaridan biri doimiy sovqotishdir. Chunki, bu bez ishlab chiqaradigan gormonlar kamayganda, organizmda modda almashuvi sekinlashadi. Doimiy sovqotish sochning kuchli to‘kilishi, terining o‘ta quruq bo‘lishi va doimiy charchash holatlari bilan birga kuzatilganda, albatta shifokorga murojaat qilish kerak.
Temir moddasining yetishmovchiligi
Temir moddasi eritrotsitlar tomonidan kislorodning to‘qimalarga tashib berilishida qatnashadi. Uning yetishmovchiligi bu jarayonning yaxshi kechmasligiga olib keladi. Natijada organizmda bir qancha muammolar kelib chiqadi. Doimiy sovqotish shularning bir belgisi sifatida yuzaga chiqishi mumkin.
Qon aylanishining yetarli bo‘lmasligi
Yurak va qon tomirlaridagi ba’zi muammolar tanadagi qon aylanishining yetarli bo‘lmasligiga olib keladi. Bunda ko‘pincha qo‘l va oyoqlarning uchlari muzdek bo‘lib turadi. Bunday muammolarning oldini olish uchun zararli odatlardan voz kechish kerak.
Uyquning yetarli emasligi
Uyquning surunkali kam bo‘lishi organizm uchun stress hisoblanadi. Bunda moddalar almashuvi sekinlashib, qon aylanishi yomonlashadi.
Suvsizlanish
Suv organizmda modda almashuvi jarayonlari kechadigan asosiy muhit bo‘lib, uning kamayishi bu jarayonlarning sekinlashuvi va o‘z navbatida energiyaning kam ajralishiga olib keladi.
Vitamin B 12 yetishmasligi
Vitamin B 12 yetishmasligi kamqonlikka olib keladi, bu o‘z navbatida to‘qimalarda kislorod yetishmasligi va almashinuv jarayonlarining sekin kechishiga olib keladi. Bu vitamin hayvon mahsulotlari: go‘sht, baliq, sut tarkibida uchraydi.
Ayollar organizmi
Doimiy sovqotish ko‘proq ayollarda uchraydi. Buning sababi oxirigacha aniqlanmagan.
Qandli diabet
Bu kasallikda vaqt o‘tishi bilan diabetik neyropatiya kelib chiqadi. Bunda mayda qon tomirlarda qon aylanishi buzilib, periferik nerv tolalari shikastlanadi va terining jo‘njikishi, jimirlashi, barmoqlarda og‘riq kabi belgilar paydo bo‘ladi.
Kamharakatlik
Kamharakatlik natijasida modda almashuvi sekinlashadi, buning ustiga, mushaklar ham rivojlanmagan bo‘ladi. Mushaklar issiqlikni tutib turuvchi qatlam hisoblanadi. Jismoniy harakatni ko‘paytirib, mushaklaringizni rivojlantirsangiz, doimiy sovqotish muammosidan qutulishingiz mumkin. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
100 mln so‘mgacha bo‘lgan kreditlar soddalashtirilgan tartibda ajratiladi
Medvedev Rossiya NATO harbiy bazalariga zarba yo‘llashi mumkinligini istisno qilmadi
Germaniya razvedkasi rahbari: “Rossiya yaqin yillarda NATOga hujum qilishi mumkin”
Organizmda qaysi turdagi vitamin yetishmayotganini qanday aniqlash mumkin?
Eron Isroil bilan keng ko‘lamli urushga tayyorligini ma’lum qildi
Gretsiyada minglab odamlar NATOga qarshi namoyish o‘tkazdi
Endi «Doimiy yashash joyiga ro‘yxatga qo‘yish» qulaylashdi (video)
Erdo‘g‘on: “Turkiya G‘azo mojarosi tugamaguncha Falastinni qo‘llab-quvvatlaydi”