08:16 / 05.01.2019
5 361

2019 yil uchun eng yaxshi parhez e’lon qilindi

2019 yil uchun eng yaxshi parhez e’lon qilindi
Foto: O‘zA
Amerikalik shifokorlar va diyetologlar 2019 yil uchun eng ma’qul bo‘lgan ovqatlanish ratsionlarini saraladi. Parhezlar reytingi U.S. News & World Report jurnalida chop etilgan. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Ekspertlar bir nechta paramertlar bo‘yicha 40 dan ziyod ovqatlanish ratsionlarini tahlil qilib, ular ichida eng ma’quli «O‘rtayer dengizi parhezi» degan xulosaga kelgan. Mutaxassislarning fikricha, ushbu parhez tana vaznini kamaytirish bilan birga qon-tomir kasalliklari xavfining oldini oladi. Bundan tashqari, mazkur parhez juda oddiy va xavfsiz, sog‘lom ovqatlanish talablariga javob beradi.

«O‘rtayer dengizi parhezi» ko‘p miqdorda meva-sabzavotlar, dukkakli va urug‘li o‘simliklar, yong‘oq, yirik tortilgan undan tayyorlangan non, makaron mahsulotlarini iste’mol qilishni o‘z ichiga oladi. Shu bilan birga lahm go‘sht iste’molini kamaytirish, baliq, dengiz mahsulotlaridan tayyorlangan taomlarni ko‘proq tanovul etish tavsiya etiladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » 2019 yil uchun eng yaxshi parhez e’lon qilindi