11:00 / 16.02.2019
5 869

Biz nega ma’rakabozlikni yaxshi ko‘ramiz?

Biz nega ma’rakabozlikni yaxshi ko‘ramiz?
"Qiziqarli xarita" kanaliga post tayyorlash asnosida ro‘paramdan qo‘yidagi xarita chiqib qoldi. Bu xaritada Yevropa mamlakatlarida necha foiz aholi hojatxonaga kirib qo‘l yuvmay chiqib ketishi foizlarda ko‘rsatilgan ekan.
Turli mamlakatlarda ko‘rsatkichlar turlicha. Ko‘rsatkichlar meni hayron qoldirmadi.

Xaritaga e’tibor bersangiz aholisining aksariyati musulmon bo‘lgan Turkiya, Bosniya, Albaniya va yana bir necha Bolqon yarimoroli mamlakatlarida natija yaxshiroq. Italiya, Germaniya, Rossiya kabilarda esa pastroq natija.

Albatta, yevropaliklarning hojatga kirib chiqqanlaridan keyin qo‘l yuvmasliklari haqida oldindan biroz tasavvurga egaman.
Bu haqda o‘qiganman, eshitganman, ko‘rganman. Faqat statistik ma’lumotni(garchi u mutlaq to‘g‘ri bo‘lmasa ham) endi ko‘rayapman.

Yuqorida "ko‘rganman" dedim, uzoq yillar Toshkentda yashab yurganimda turli jamoat hojatxonalarida yevropoidlarning qo‘lini yuvmasdan hojatxonadan to‘g‘ri ko‘chaga chiqib ketganlarini ko‘p marta guvohi bo‘lganman.

Meni ikki narsa ajablantiradi. Biri, o‘rta asrlardan beri hanuzgacha eng madaniyatli odamlar sifatida talqin qiladigan yevropaliklarning hojatxonaga kirib chiqib qo‘lini yuvmay ketaverishi bo‘lsa. Ikkinchisi...

Ikkinchisi biroz og‘riqli mushohadalar. Islom dinidan ozgina xabari bor odam biladi bu din poklik, tozalik ustiga qurilgan. Dinning talablaridan biri ham ham ko‘ngil pokligi(ma’joziy ma’noda), tana pokligi, libos pokligi, yashash o‘rnining(xona,hovli deganday) pokligi hisoblanadi. Ana shu uchun ham musulmon kishiga eng kamida haftada bir yuvinish, tanasining ma’lum joylarini tukini tozalash, tirnoqlarni olish(tirnoq ostida eng parazit mikroblar to‘planadi), ibodat uchun doim hojatdan so‘ng avratni yuvish, so‘ngra og‘iz, burun, yuz, qo‘l tirsakkacha va oyoqlarni yuvish talabi bor. Hatto, yonidagilarga ozor bermaslik uchun og‘izdan badbo‘y hidi kelib turadigan mahsulotlarni yeb odamlar orasiga qo‘shilmaslik talabi ham bor.

Qisqasi musulmon odam doim toza, pokiza yurish kerak. Eski bo‘lsa ham libosini toza tutishi kerak. O‘tirgan, yashayotgan joyini toza saqlashi kerak.

Ammo, nazarimda biz ana shu talablarni bajarishni unutdik. Yirik shaharlarda e’tibor beraman, yoshi katta insonlar, chollar birmuncha ozoda yurishadi. Chunki xohlagan paytida yuvinib olish sharoiti bor. Ammo, qishloq joylarida bunday deb bo‘lmaydi. Turli yoshdagi insonlarni sochlari, tirnoqlari o‘sib, kiyimlari kir bo‘lib yurgan holatlarni ko‘p ko‘raman. Bu holat masjidga chiqayotgan chollarda ham ko‘p uchraydi. Umuman olganda ko‘pchilik tozalikka, poklikka judayam befarq bo‘lib qolgan.

Qish faslida qishloq joylarida uyni isitish muammo bo‘lganda hammomni isitib tez-tez yuvinib olish ko‘pchilikka malol keladi.
Ammo, qish sovuq desak yozda ham ahvol shunday. Odamlarimiz(o‘zim ham) tozalikka e’tiborsiz bo‘lib qolishgan.

Qolaversa, qishlog‘imdan kelib chiqib yozayapman, ko‘pchilikni uyida tuzukroq hammom ham yo‘q. "Ha endi odamlarni qo‘li kalta, hammom qurib, uni ichini tuzukroq qilib jihozlab olishga puli yo‘q, nima qilsin? deyishingiz mumkin. Men esa bunday deb o‘ylamayman. Chunki, bu xalqni turli ma’rakalar yeb bitirayapti va aksariyat odamlar farzandining sog‘lom o‘sishi uchun lozim bo‘lgan sharoiti yaxshi hammom qurmaydi, lekin bolasining sunnat to‘yini qarz olib bo‘lsa ham to‘rt mahallani chaqirib osh beradi.
Men taxminiy hisoblab ko‘rganman. Hozir o‘rtacha jihozlangan bir hammom uchun biz tomonlarda mutlaqo keraksiz bo‘lgan o‘rtacha bir ma’rakani puli yetadi. Ammo, bu xalq o‘sha keraksiz ma’rakani o‘tkazsa o‘tkazadi, lekin uyda hammomini o‘rtacha jihozlab qo‘ymaydi. (Endi bolasiga darsxona, kutubxona qilib berish haqida umuman gapirib o‘tirmay).

Umuman olganda biz tozalikka befarq bo‘lib qolganmiz. Aksariyat illatlarimiz esa(rizqning torayishi, turli kasalliklar) tozalikka, e’tiborsiz bo‘lib qolganimiz, yetarlicha rioya etmayotganimiz ortidan chiqib kelayapti.

Yuqorida musulmonliklikning asosiy talablaridan biri poklik ekani haqida yozdim. O‘zbekistonning aksariyat aholisi o‘zini musulmon hisoblaydi. Shunday ekan endi poklik va tozalikka hame’tiborliroq bo‘lsak yaxshi bo‘lar edi. Ma’rakalarga kelsak, ular tugamaydi. Oldin hammom qurib yoki jihozlab olaverish kerak.
G‘ayrat Yo‘ldosh

Manba: Azon.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Biz nega ma’rakabozlikni yaxshi ko‘ramiz?