Amerikalik olimlar qon bosimi oshishidan aziyat chekadiganlar ovqatlanish ratsioniga quyidagi mahsulotlarni qo‘shish taklifi bilan chiqdi. Zero, bunday ne’matlar gipertoniyaga qarshi yaxshi kurashuvchanlik xususiyatiga ega ekan.
Pomidor sharbati. Bosimning oshib ketishi organizmda natriyning ko‘payib ketishi bilan bog‘liq. Kaliy esa unga qarshi muvozanat hosil qila oladi. Olimlarning aytishicha, aynan pomidor sharbatini iste’mol qilish organizmda natriy me’yori ko‘payib ketishining oldini oladi.
Organizmda natriyning yig‘ilib qolishi yurak-qon tomiri o‘tkazuvchanligini yomonlashtirib, aritmiyaga olib keladi. Boz ustiga, yosh o‘tgan sari natriy tez yig‘ila boshlaydi.
Mutaxassislar yoshi katta inson organizmi har kuni 3500 milligramm kaliy qabul qilishi kerakligini eslatib o‘tishdi. Tadqiqotlar kam kaliy iste’mol qiladiganlarda qon bosimi barqaror o‘sib borishini ko‘rsatdi. Kaliyning bir kunlik normasi esa bir stakan pomidor sharbatida mavjud. Pomidorlar ushbu mikroelementlarga boy bo‘lgani uchun gipertoniyaga qarshi kurashishda eng yaxshi vositadir.
Yogurt. Shifokorlar bosimni me’yorlashtirish uchun haftasiga besh marotaba tabiiy yogurt iste’mol qilishni tavsiya etishadi. O‘z navbatida u gipertoniyaga qarshi kurashishda yaqindan yordam beradigan eng yaxshi mahsulotlardan biridir. Yogurt tarkibidagi kaliy qon bosimi oshishiga olib keladigan organizmdagi ortiqcha tuzni haydab chiqaradi. Qolaversa, u tana uchun zarur bo‘lgan kalsiy va oqsilga boydir.
Bundan tashqari, olimlar qon bosimi oshishiga qarshi kurashishda qo‘l keladigan yana bir nechta mahsulotlar nomini sanab o‘tishdi. Ular: tovuq go‘shti, mol go‘shti, baliq, banan, brokkoli va yong‘oqlardir. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi