Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilingan hadisda Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam shunday deganlar: “Dunyoviy ne’matlar borasida o‘zingizdan quyiroq darajadagi kishilarga qaranglar, o‘zingizdan ustunroq kimsalarga boqmanglar. Zero, bu Allohning sizlarga bergan ne’matlariga bepisand bo‘lmasligingizga sabab bo‘ladi”. Imom Muslim rivoyati.
Demak, molu dunyoda o‘zidan yuqoriroq kishiga qaragan odamning qalbida o‘sha insonga o‘xshashga intilish, molu davlatni ko‘paytirishga moyillik paydo bo‘ladi. U o‘zidan puldorroq kimsani ko‘rganda, “Nega bu odam “Malibu”da yuradiyu, men haliyam “Jiguli”da yuribman?!” deb o‘ylab, mashinasini “Malibu” qilishga, hech bo‘lmasa, “Neksiya”ga o‘zgartirishga urinib qoladi. Bunday kayfiyatda bo‘lish esa o‘zidagi “Jiguli” mashinasi ne’matiga shukr qilmasligiga sabab bo‘ladi.
Shuning uchun molu davlat masalasida o‘zidan quyiroqqa qarash lozim. Agar shunday qilsa, “Ko‘pchilik odamlarda hatto velosiped ham yo‘q. Alloh taolo menga “Jiguli”dek mashinani nasib etgan. Buning shukrini ado etishim kerak. Ne’matga shukr qilsam, Alloh taolo yana ziyoda qilib beradi” deydigan bo‘ladi.
Din, ibodat masalasida esa o‘zidan yuqori darajadagi insonlarga qaraladi. Ana shunda “Bu odam har kuni nafl namoz o‘qiydi, har kuni ro‘za tutadi, sadaqa qiladi, janozada qatnashadi, bemorlarni ko‘rgani boradi, har kuni ota-onasini ziyorat qiladi. Nega men shunday emasman? Nega bu odamdan ibrat olmayman?” deb, yaxshi insonlardan ibrat oladigan, ulardek bo‘lishga intiladigan bo‘ladi.
Din, toat-ibodat masalasida o‘zidan quyi darajadagi kimsalarga qaralmaydi. Aks holda “Men har kuni masjidda besh vaqt namoz o‘qiyapman. Falonchi esa hatto uyida bo‘lsa ham namozlarini ado etmayapti. Demak, men undan ancha ko‘p amal qilayotgan ekanman” deb o‘ylab qolinishi mumkin. Agar shunday deb o‘ylansa, amallarga riyo (xo‘jako‘rsinlik), sum’a (birov eshitsin deyish) va ujb (o‘z amali ila g‘ururlanish) aralashadi-da, ularning savobini yo‘qqa chiqaradi. Qolaversa, o‘z ibodatini ko‘p sanab, yanada ko‘proq ibodat qilishdan to‘xtab qoladi.
Shu sababli dunyo ishida o‘zidan past darajadagi odamga, din ishida o‘zidan yuqori darajadagi insonga nazar solinadi.
Hadisi sharifdan shunday xulosalar olishimiz mumkin:
- Banda molu dunyosi ko‘plarga qarab, qalbiga dunyo muhabbati kirib, unga mukkasidan ketib, hayotining mazmun-mohiyati shu bo‘lib qolmasin.
- Dunyoga nega kelganini, nima uchun yashayotganini unutib qo‘ymasin.
- Banda faqirlardan ibrat olib, o‘zidagi ne’matlarga shukr qilishni o‘rgansin. Qanoat buyuk fazilat va katta boylik ekanini unutib qo‘ymasin.
- Banda boshqalardan solihlardan ibrat olib, o‘zidagi amallarni ko‘paytirishga urinsin.
- Banda o‘z amallariga katta baho berib, salbiy illatlarga mubtalo bo‘lmasin.
Nozimjon Iminjonov
Manba: Hordiq.uz “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Endi «Doimiy yashash joyiga ro‘yxatga qo‘yish» qulaylashdi (video)
Bosh kiyimsiz yurishning organizmga qanday ta’siri bor?
Erdo‘g‘on: “Turkiya G‘azo mojarosi tugamaguncha Falastinni qo‘llab-quvvatlaydi”
Gretsiyada minglab odamlar NATOga qarshi namoyish o‘tkazdi
Eron Isroil bilan keng ko‘lamli urushga tayyorligini ma’lum qildi
Slovakiya bosh vaziri Putinning taklifini qabul qildi
Medvedev Rossiya NATO harbiy bazalariga zarba yo‘llashi mumkinligini istisno qilmadi
Organizmda qaysi turdagi vitamin yetishmayotganini qanday aniqlash mumkin?