Tut qayerdan kelgan?
Ushbu meva haqida hikmatli so‘z va maqollarni siz yoshlikdan ko‘p o‘qigansiz. Bolalikda tutzorlarga kirib bu daraxt mevasiga to‘yganlar ham oramizda ko‘p bo‘lsa kerak. Bejizga bir yil tut ekkan kishi, yuz yil gavhar teradi, deyishmaydi. Hozir yurtimizda shifobaxshligi gavharga teng bu mevaning ayni pishgan vaqti. Xo‘sh tutni qanday iste’mol qilish kerak va u qanday kasalliklarga davo bo‘ladi?
Tut daraxti Markaziy Osiyoga Xitoydan taxminan eramizdan avval 2-3 ming yillarda keltirilgan. Uning tanasidan yasalgan beshiklarda ne-ne allomalar katta bo‘lmagan, deysiz. Chunki daraxt yog‘ochiga qurt tushmasligi sababli go‘dakning beshigi aynan tutdan yasalgan. Bundan tashqari, qadimdan tut daraxtidan musiqa cholg‘u asboblari, yozuv qog‘ozi ishlab chiqariladi. Barglari ipak qurti uchun ozuqa bo‘lishdan tashqari, changni ushlab qoluvchi, karbonat angidridni yutib, kislorod ishlab chiqaruvchi tabiiy vosita. Mevasini ta’riflasangiz so‘z yetmaydi.
Har dardga davo tut
Tut mevasi immun tizimni kuchaytirib, organizmning yuqumli kasalliklarga qarshi himoya tizimini mustahkamlaydi, teriga barvaqt ajin tushishidan saqlaydi, ko‘rish qobiliyatini oshirib, ko‘z to‘rpardasining zararlanishi kabi kasalliklarning oldini oladi.
Tut bargi va tanasining po‘stlog‘i ham turli biologik faol moddalarga boy. Bargi tarkibida flavonoidlar, vitaminlar, karotin, efir moyi, organik kislotalar, daraxt po‘stlog‘ida esa bo‘yoqli va oshlovchi moddalar, turli xildagi kislotalar mavjudligi aniqlangan.
Xalq tabobatida tut qadimdan turli kasalliklarni davolashda qo‘llanilib kelinadi.Tut shirasi qonni tozalash, qonni ko‘paytirish maqsadida ham keng qo‘llangan. Bargining qaynatmasi esa angina va boshqa shamollash kasalliklarida isitmani tushiruvchi, chanqoqni qoldiruvchi vosita sifatida qo‘llanilgan.
Buyuk vatandoshimiz Abu Ali ibn Sino tutdan shifobaxsh vosita sifatida foydalangan.Agar tut, tok va qora anjirning barglarini yomg‘ir suvida qaynatib ishlatilsa, sochni qoraytiradi. Oq tut bargi tomoq og‘rig‘i, yangi uzilgan barg shirasi tish og‘rig‘iga, tut mevasi va uning shirasi og‘iz va tomoqdagi shishlarga davo bo‘ladi. Tuzlab quritilgan tut esa ichburug‘ kasalligini davolaydi. Buyrak, yurak-qon tomir kasalliklarini davolashda esa tut mevasi tanani ortiqcha suyuqlikdan tozalovchi, peshob haydovchi vositadir.
Tutni qachon yeyish kerak?
Tutni ovqatlanishdan oldin iste’mol qilish lozim, shunda oshqozonga uning zarari tegmaydi.
Tut mevasini quritib, undan damlama, kompot tayyorlab ichilsa, darmonsizlikni davolaydi, ozishga yordam beradi, organizmni tozalaydi.
Qishda tut daraxtining kurtagini olib, tozalab, damlamasini yurakni quvvatlash uchun ichib yuriladi. Tut daraxti gullari o‘simlik yog‘i bilan aralashtirilib, qorong‘i joyda tindirilsa, teridagi mayda husnbuzar, dog‘lar va sepkilni davolash uchun ajoyib krem hosil bo‘ladi. Tanadagi eski yara va shikastlangan joylarni davolashda tut bargi va shoxchasini maydalab, o‘simlik yog‘i bilan aralashtirib surtilsa, yaralar tez bitadi, terida o‘rni qolmaydi. Tutning ozuqaviy qiymati – 70 kkal.
Yangi tut (yoki konservalangan) mevasi sharbati ko‘krak qafasining simillab og‘rishi va nafas olish qiyinlashib harsillashda yordam beradi. Muolaja maqsadida tut sharbati uch hafta davomida ichiladi. Taajjubki, shu qisqa muddatda yurak faoliyati to‘liq tiklanib, sog‘ayadi.
Yangi olingan tut sharbati tutning barcha foydali shifobaxsh xususiyatlarga ega bo‘ladi. U nafas yo‘llari, tonzillit va anginani davolashda faol vosita, surunkali yo‘tal, pnevmoniya va bronxitni davolashda ham ijobiy natija beradi. Aqliy mehnat bilan mashg‘ul kishilarga uning foydasi katta, chunki tarkibidagi fosfor aqliy faoliyatni yaxshilaydi.
Tut daraxti po‘stlog‘ining foydasi bormi?
Po‘stlog‘idan qaynatma, damlama va malham tayyorlanadi. Malham bilan yiringli jarohatlarni, terining kuygan va jarohatlangan qismini, dermatitni, ekzema va psoriazni davolash mumkin.
Malhamni tayyorlash uchun ikki qoshiq maydalangan daraxt po‘stlog‘ini 100 g qizdirib, sovutilgan pista yog‘i bilan aralashtiriladi va muzlatgichda uch kun davomida tindirib, olib yana qaytadan aralashtiriladi. Shunday qilib malham dori tayyor bo‘ladi.
Bu malham bilan terining kasal joylariga kuniga to‘rt mahal surtiladi. Uni husnbuzardan xoli bo‘lish uchun ham ishlatiladi: yuzga va yelka terisiga har cho‘milib chiqqandan so‘ng surtiladi.
Odatda tut mevasini yangi uzib olinganida iste’mol qilinadi, lekin undan shuningdek, kompot, murabbo, kisel, sirop, pishiriqlar ichiga solib, pishirib iste’mol qilinadi. Tutni yashash joyiga yaqin joyda pishib yetilgan mevasi iste’mol qilinadi. Uni uzoq masofaga transport vositasida olib borish yaramaydi, yetib borgunicha aynib qoladi.
Muborak Ramazon oyida har bir iste’mol qilayotgan taomingiz shifo bo‘lsin deya maqolamizga yakun yasadik.
Saida Rustam qizi tayyorladi
Manba: Azon.uz “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Erdo‘g‘on: “Turkiya G‘azo mojarosi tugamaguncha Falastinni qo‘llab-quvvatlaydi”
Medvedev Rossiya NATO harbiy bazalariga zarba yo‘llashi mumkinligini istisno qilmadi
Endi «Doimiy yashash joyiga ro‘yxatga qo‘yish» qulaylashdi (video)
Slovakiya bosh vaziri Putinning taklifini qabul qildi
O‘zbekistonda onkologik kasallikka chalingan ayollar bepul davolanadi
Bosh kiyimsiz yurishning organizmga qanday ta’siri bor?
Gretsiyada minglab odamlar NATOga qarshi namoyish o‘tkazdi
Organizmda qaysi turdagi vitamin yetishmayotganini qanday aniqlash mumkin?