
Madridning "Real" klubi yarim himoyachisi Federiko Valverde La Liga 10-turida "Barselona"ga qarshi o'yinda jamoasiga g'alaba qozonishda yordam berdi (2:1). Urugvaylik futbolchi o'zining odatiy bo'lmagan pozitsiyasida, ya'ni himoyaning o'ng qanotida harakat qildi.
27 yoshli yarim himoyachi 72-daqiqagacha maydonda o'ynadi va so'ng Dani Karvaxal bilan almashtirildi. Jurnalist Serxio Kirante ma'lumotlariga ko'ra, El Klasiko oldidan Valverdening sog'ligi yaxshi emas edi: unda gastroenterit aniqlangan edi.
Shunga qaramay, u hal qiluvchi bahsda asosiy tarkibda maydonga tushdi. Ushbu g'alabadan so'ng "Qirollik klubi" Ispaniya chempionatida "ko'k-anorranglilar"dan besh ochkoga ilgarilab oldi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar