Olmaning inson salomatligi uchun qanday foydali jihatlari bor? «Ekologuz» kanali bu haqda ma’lumotlar berib o‘tdi.
Olmada S, V1, V2, R, Ye, A vitaminlari, kaliy, marganets va temir moddalari ko‘p miqdorda mavjud. S va V vitaminlari barcha a’zolarda modda almashinuvini yaxshilaydi. R va Ye darmondorilari organizmni yoshartirib, teri va to‘qimalar holatini tiklaydi. Kaliy moddasi arterial qon bosimini me’yorlashtirishi, tish emali va suyak to‘qimalarini mustahkamlashi tadqiqotlarda ko‘p bora o‘z isbotini topgan. Olma tarkibidagi pektin esa organizmdan ortiqcha xolesterinni chiqarib yuborishga ko‘maklashadi, shuningdek, qandli diabet kasalligidan uzoqlashtiradi. Bu modda yana yuz terisining tarang va tiniq bo‘lishini ta’minlaydi.
Bundan tashqari, miyadagi zo‘riqishlar, kayfiyatni xira qilib turadigan o‘y-xayollarni unutishda ham olmaning yordamiga tayanish mumkin. Buning uchun yotoqxonadagi deraza tokchasiga xushbo‘y hidli olmadan 1-2 tasini terib qo‘yish, kifoya.
Olmada chirish-bijg‘ish jarayonini sekinlashtiruvchi, ichakdagi meteorizmni faollashtiruvchi moddalar ko‘p, shu sababli bu meva tanani zararli moddalardan tozalab, qorin dam bo‘lishidan xalos qiladi. Oshqozon-ichak xastaliklarida, yo‘g‘on ichak yallig‘lanishida va dizenteriyada olma yordamga keladi.
Bundan tashqari, ozish niyatida bo‘lganlarga 1 haftaga mo‘ljallangan olmali parhez yaxshi yordam beradi. Bunda 7 kun davomida olmadan tayyorlangan salatlar, kompot va sharbatlar, gaz pechida dimlangan hamda bug‘da pishirilgan olmali taomlar iste’mol qilinadi.
Olma tarkibidagi dubil moddalar tanada peshob kislotasi to‘planishiga qarshilik qiladi.
Olma qabziyatning oldini oladi. Buning uchun ertalab och qoringa 1-2 dona olma yeyish talab etiladi.
Bu mevani xush ko‘ruvchilar aqlli bo‘lishadi. Chunki olma tomirlardagi qon harakatini maromiga keltirib, parishonxotirlik, miya horg‘inligiga qarshi kurashadi. Tadqiqotchilarning fikricha, kishi kuniga 3 dona olma iste’mol qilsa, hatto ulug‘ yoshda ham xotirasi mustahkam bo‘lib, miyasi yuqori aniqlikda ishlar ekan. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda onkologik kasallikka chalingan ayollar bepul davolanadi
Slovakiya bosh vaziri Putinning taklifini qabul qildi
Bosh kiyimsiz yurishning organizmga qanday ta’siri bor?
Medvedev Rossiya NATO harbiy bazalariga zarba yo‘llashi mumkinligini istisno qilmadi
Endi «Doimiy yashash joyiga ro‘yxatga qo‘yish» qulaylashdi (video)
Organizmda qaysi turdagi vitamin yetishmayotganini qanday aniqlash mumkin?
Gretsiyada minglab odamlar NATOga qarshi namoyish o‘tkazdi
Erdo‘g‘on: “Turkiya G‘azo mojarosi tugamaguncha Falastinni qo‘llab-quvvatlaydi”