Jamiyatimizda dolzarb muammolardan biriga aylanib borayotgan voqealardan biri bu yosh oilalarning ajralib ketishi. Hammada bir xil savol paydo bo‘ladi. Bunga sabab nima? Bir emas bir qancha oilalarni misol qilib olsak bo‘ladi. Ajralib ketayotganlarning ayrimlari hatto afsus ham qilmayotganiga gohida guvoh ham bo‘lamiz. Hozirda ajrashish ba’zilar uchun oddiy holga aylanib qolgan. Ayrim yosh oilalarda uzog‘i bilan 3 oy, 5 oy, 1 yilgacha yashab ajralib ketish holati kuzatilgan.
Aksariyat ajralib ketayotgan oilalardan sababini so‘raganimizda, deyarli barchasidan "ota-onam qistovi bilan turmush qurganmiz" kabi javoblarni olganmiz. Balki sizning ota-onangiz ham vaqtida ota-onasi qistovi bilan oila qurgandir? Bu vaziyatda ularni ayblash to‘g‘rimikin? Baxtni buzilishiga asosiy sababchi o‘zimiz emasmi?
Qashqadaryo viloyatida istiqomat qiluvchi S.Z. 3 oy yashagan va ajrashgan. Sababi yuqorida aytganimizdek ota-onasi qistovi bilan turmush qurgan va oilada har xil arzimagan sabablardan janjal chiqqan. Chilla ichida yosh kelin qo‘li singan holda uyga qaytadi (bu holda qizning ham aybi bor, albatta) va ajrashmoqchi bo‘ladi. Ammo yaqinlari qistovi bilan yana kelinlik uyiga qaytadi. Oradan vaqt o‘tib yana mana shu holat takrorlanadi va bu safar qiz barchasiga ko‘nib yashashga qaror qilganida yigit ajrashishga ariza tashlab keladi va ajrim.
Jizzax viloyatidagi istiqomat qiluvchi B.M. ham 5 oygina yashab ajrashishgan. Bunga asosiy sabab farzand yo‘qligidan. 7, 10 yildan so‘ng farzandli bo‘lgan oilalar bor. Sabr nima uchun berilgan?
Navoiy viloyatida istiqomat qiluvchi O.G. ham 1 yil yashagan va ularda ham ajrim holati. O‘rtada shiringina qizaloq bor. Nahotki mana shu farzand ham ularni bu yo‘ldan qaytarmagan bo‘lsa? Yigit ishlash uchun chetga ketadi va o‘zgaga yor bo‘lib ketadi.
Oldinlari ajrim bo‘lmagan deya ayta olmaymiz, lekin ularni hech bo‘lmasa bu yo‘ldan farzand to‘xtatib qolgan. Hozirchi? Hozir ularni nima qaytara oladi? Yuqoridagi sabablar farzandlarimizni mehrsiz qolishiga, bizni dunyoga keltirib voyaga yetkazgan ota-onamizga jabr bo‘lishiga arzirmikin?
Mana shu ajrim oqibatida qanchadan qancha begunoh bolalar ota-onasi tirik bo‘la turib yetimxonalarda mehrga zor bolib ulg‘ayishmoqda. Ba’zilari esa ulg‘ayib, ayniqsa balog‘at yoshiga yetganlarida mehrga tashna bo‘lib qolishadi va boshqalardan mehr izlaydi, natijada oqni qoradan, yaxshini yomondan ajratishni bilmagan bola turli xil yo‘llarga kirib ketadi. To‘g‘ri, barchasi ham bu holga tushadi deb ayta olmaymiz, ammo gohida o‘zimiz ham shunga o‘xshash vaziyatlarga guvoh bo‘lib qolamiz.
Aksariyat ajrashganlar hozirda ishlashadi. Ulardan nega ishlashayotganini so‘raganimizda ,,ota-onamga yuk bo‘lmaslik uchun'' kabi javoblarni oldik, ayrimlarida esa tayinli maqsad yo‘q. Balki mana shunday noo‘rin sabablar bilan hayotimizni barbod qilganimiz ular uchun qanchalar tashvish ekanini nahot o‘ylab ko‘rmadik. Begona joylarda ijarada turib maqsadsiz ishlab yurgandan ko‘ra, yo‘lini yo‘qotib xato ustiga xato qilgandan ko‘ra o‘z taqdiri va farzandi haqida o‘ylasa, uni yonida bo‘lib mehr bergan yaxshiroq emasmi?
Nima uchun o‘z xato va ayblarimiz uchun boshqalarni gunohkor qilishimiz kerak? Qars ikki qo‘ldan chiqadi. Baxtni bir kishi emas ikki kishi yaratadi. Shunday emasmi, Azizlar? “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda onkologik kasallikka chalingan ayollar bepul davolanadi
Slovakiya bosh vaziri Putinning taklifini qabul qildi
Bosh kiyimsiz yurishning organizmga qanday ta’siri bor?
Medvedev Rossiya NATO harbiy bazalariga zarba yo‘llashi mumkinligini istisno qilmadi
Endi «Doimiy yashash joyiga ro‘yxatga qo‘yish» qulaylashdi (video)
Organizmda qaysi turdagi vitamin yetishmayotganini qanday aniqlash mumkin?
Gretsiyada minglab odamlar NATOga qarshi namoyish o‘tkazdi
Erdo‘g‘on: “Turkiya G‘azo mojarosi tugamaguncha Falastinni qo‘llab-quvvatlaydi”