Pokiston va Afg‘oniston o‘rtasidagi vaqtinchalik sulh rejimi yana uzaytirildi, deb xabar berdi Dawn gazetasi. Ma’lum qilinishicha, bu qaror Afg‘onistondagi toliblar hukumatining iltimosiga binoan qabul qilingan.
Manbalarga ko‘ra, mojaroni bartaraf etish bo‘yicha muzokaralar Qatar poytaxti Doha shahrida o‘tkaziladi. Pokiston delegatsiyasi allaqachon yetib kelgan, Afg‘oniston vakillari esa 18 oktyabr kuni kelishi kutilmoqda.
Sulh muzokaralar yakuniga qadar amal qiladi. Eslatib o‘tamiz, 15 oktyabr kuni ikki davlat yaqin 48 soatga o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha kelishuvga erishgan edi.
Pokiston va Afg‘oniston chegarasidagi to‘qnashuvlar 11 oktyabr kuni kechqurun boshlanib, ertasi kuni ertalabgacha davom etgan. Afg‘oniston rasmiylariga ko‘ra, janglar vaqtida kamida 12 kishi halok bo‘lgan, 100 dan ziyod inson yaralangan.
Hozirda ikki davlat vaziyatni muzokaralar yo‘li bilan barqarorlashtirishga intilayotgani ma’lum qilingan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!