date

Guardiola: “Manchester City"da o‘zimni haqiqiy erkin his qilaman

Guardiola: “Manchester City"da o‘zimni haqiqiy erkin his qilaman

“Manchester City” bosh murabbiyi Xosep Guardiola o‘zining jamoada faoliyati, shuningdek, “Barselona” va “Bavariya”dagi ish tajribasi haqida fikr bildirdi. Ispaniyalik mutaxassisning ta’kidlashicha, hozirgi klubda u o‘zini boshqa jamoalardagidan ko‘ra erkin va ishonchli his qilmoqda.

“Biz oxirgi bir yil ichida juda ko‘p narsani o‘zgartirdik. Lekin shtab ham, futbolchilar ham bir maqsadga — g‘alabaga intilib yashayapti. Ular ko‘zidan ishtiyoq va harakatni ko‘raman. “Barselona” yoki “Bavariya”da biror muammo bo‘lsa, meni ishdan bo‘shatishlari mumkinligini his qilardim. “Manchester City”da esa bu holat yo‘q”, — dedi Guardiola matbuot anjumanida.

Mutaxassisning so‘zlariga ko‘ra, u hozirgi paytda ham o‘zini yangi g‘oyalar bilan to‘lgan, ruhan kuchli va jamoasi bilan birgalikda yanada yuqori natijalarga erishishga qodir deb hisoblaydi. “Biz o‘tgan mavsumdan yaxshiroq o‘ynayapmiz, har bir bellashuvda rivojlanishni his qilyapman. Bu menga quvvat beradi, chunki bu yerdagi ishimg hali tugagani yo‘q. Shuning uchun ham hali “City”daman”, — deya qo‘shimcha qildi u.

Guardiola so‘zlariga ko‘ra, uning asosiy maqsadi — jamoaning barqaror o‘yinini saqlash va yangi chempionliklar uchun zamin yaratish. “Menda va futbolchilarimda kuch bor. Biz yangi mavsumni ilgari gisidan ham yaxshiroq o‘tkazishimizga ishonamiz”, — dedi u.

Ma’lumot uchun, “Manchester City” Angliya premer-ligasining joriy mavsumida 7-turdan so‘ng 13 ochko to‘plab, jadvalning 5-pog‘onasida joylashgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Guardiola: “Manchester City"da o‘zimni haqiqiy erkin his qilaman