Superliga 25-turida «Andijon» o‘z maydonida «Sho‘rtan»ni qabul qildi. Gollar shousiga aylanib ketgan uchrashuvda «burgutlar» 4:3 hisobida g‘alaba qozondi.
Bahsdagi gollarga Otabek Jo‘raqo‘ziyev, 5 (1:0), Usmonali Ismonaliyev, 17 (2:0), Po‘latxo‘ja Xoldorxonov, 21 (2:1), Doniyor Narzullayev, 34 (2:2), Usmonali Ismonaliyev, 54 (3:2), Doniyor Abdumannopov, 60 pen. (4:2), Po‘latxo‘ja Xoldorxonov, 63 (4:3) mualliflik qilishdi. O‘yinning 27-daqiqasida andijonliklar a’zosi Damir Temirov tepgan penaltini Shoxrux Eshbo‘tayev qaytardi.
Bu g‘alabadan so‘ng «Andijon» ochkolari sonini 28 taga yetkazib, turnir jadvalida 10-o‘ringa ko‘tarildi. «Sho‘rtan» esa 12 ochko bilan Proliga tomon tobora yaqinlashmoqda.
Superliga. 25-tur
Andijon – Sho‘rtan 4:3
Gollar: Otabek Jo‘raqo‘ziyev, 5 (1:0), Usmonali Ismonaliyev, 17 (2:0), Po‘latxo‘ja Xoldorxonov, 21 (2:1), Doniyor Narzullayev, 34 (2:2), Usmonali Ismonaliyev, 54 (3:2), Doniyor Abdumannopov, 60 pen (4:2), Po‘latxo‘ja Xoldorxonov, 63 (4:3)
Foydanilmagan penalti: Damir Temirov 26
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!