15:43 / 24.12.2019
7 938

Marhum ayoliga maktub yozgan shayx...

Marhum ayoliga maktub yozgan shayx...
Bundan bir necha yillar avval, mashhur din olimi shayx Muhammad Said Ramazon Butiy rahimahulloh ayollarining vafotlaridan so‘ng, o‘zlarining «Minal fikri val-qalb» deb nomlangan kitoblarida juda ham ta’sirli gaplarni yozib qoldirgan ekanlar. Sizlarning e’tiboringizga ushbu parchani keltirib o‘tishni istadik:

«Ey Amira, sen yorug‘ dunyoni tark etganingdan keyin ham quyosh avvalgidek o‘zining joyidan chiqyapti. Sen bilan men Payg‘ambar alayhi vassalomning hadislari haqida so‘zlashib o‘tiradigan uyimizning darchasidan o‘sha yorug‘lik haliyam tushyapti. Biz yoz vaqtida salqin izlab, chiqib anorning soyasida o‘tirardik, o‘sha anor bu yil ham meva qildi.

O‘sha sen bilan men taniydigan odamlar hali ham bizning uyimizga kelib-ketib turibdi. Sen bilan qarindosh bo‘lgan odamlarning hammasi sen vafot qilganingdan keyin uy-uyiga qaytib ketdi-yu, illo men o‘zim g‘arib bo‘lib qoldim. Sening qoshu kamoningdan ko‘ra go‘zalroq qoshu kamonlarni ko‘rdim. Sendan ko‘ra chiroyliroq ayollar dunyoda borligi ham rost.

Illo, men tahajjudga turib ibodat qilganimda, orqamda turib omin deyishlaringni sog‘indim. Qur’on o‘qiganimda orqamda yig‘lab tinglashlaringni sog‘indim. Senday ayolni endi men topolmayman deb qo‘rqaman. Sen qachon gap boshlasang, gapning avvalida ilohim oxiratda ham ismingiz shunday bo‘lsin derding (Said degani baxtli degani).

Shu gaplaringni sog‘indim. Ilohim oxiratda ham ismingiz Said bo‘lsin, deyishingni sog‘indim...


Yorqinjon qori hafizahulloh tarjimasi

Manba: Azon.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Marhum ayoliga maktub yozgan shayx...